BBC navigation

Rossiyada huquqshunos o‘z idorasida o‘t ochib 5 kishini o‘ldirdi

Сўнгги янгиланиш 7 ноябр 2012 - 14:38 GMT

Huquqshunos ikki miltiqdan o‘t ochgan

Moskvadagi dorixonalar tarmog‘i yuristi poytaxt shimoli-sharqidagi omborxonada besh kishini otib o‘ldirgan. Qotillikdan avval u ijtimoiy muloqot saytida insoniyatga bo‘lgan nafrati haqida yozib qoldirgan.

Chorshanba kuni ertalab 30 yoshli Dmitriy Vinogradov "Sayga" va "Benelli" ov miltiqlari bilan qurollangan holda ishga kelgan, so‘ng kamuflyaj ustboshini kiyib, ish joylarida o‘tirgan hamkasblariga qarata ikki qo‘lidagi miltiqlardan o‘t ochgan.

"Oqibatda ish stolida o‘tirgan ikki erkak va ikki qiz o‘z joylarida o‘lishgan. Ofisga yetaklovchi zinada gumondor yana bir hamkasbini otgan, u ham jon bergan", - dedi tergov vakili.

Tergov qo‘mitasining ma‘lumotiga binoan, yana ikki kishi og‘ir jarohatlangan.

Ilk versiyaga ko‘ra, hujumga gumondorning shaxsiy hayotidagi qiyinchiliklar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Moskva huquq-tartibot idoralaridan xabar qilishlaricha, gumondorning o‘z hamkasblaridan biriga izhor qilgan sevgisi javobsiz qolgan.

Qiz raddiyasi ortidan u besh kun davomida spirtli ichimliklarni iste‘mol qilgan va mast holda hamkasblariga o‘t ochgan.

Ba‘zi ma‘lumotlarga ko‘ra, uning sevgilisi ko‘kragiga tekkan o‘q bilan og‘ir holda kasalxonaga yotqizilgan.

Vinogradov qarshiliklarsiz shirkat qo‘riqchilariga taslim bo‘lgan. Agar uning aybi isbotlansa, unga sakkiz yildan tortib to bir umrlik qamoq jazosi berilishi mumkin.

Insoniyatdan nafratChorshanbaga o‘tar kechasi gumondor "Vkontakte" ijtimoiy saytida ikki varaqli "manifest"ini nashr qilgan va insoniyatdan nafratlanishi, hamda "insonlar hayotining mazmunsiz" ekani haqida gapirgan.

"Menda butun insoniyatni tirik organizmdagi saraton o‘simtasining makro analogi deb hisoblashga barcha asos bor. Tirik organizm deganda sayyoramizni nazarda tutayapman", - deb yozgan u.

Vinogradovning fikrlashicha, tabiiy tanlov deyarli ishlamay qolgan, zamonaviy jamiyatning yagona maqsadi esa - "imkonqadar tez suratlarda imkonqadar ko‘p lazzat olish".

U, shuningdek, "zamonaviy iste‘mol jamiyati"ga toqat qila olmasligini yozgan va o‘tgan yili Jahon yovvoyi tabiat jamg‘armasiga ko‘ngilli bo‘lib yollanganini eslatgan.

Huquq-tartibot idoralaridagi manbaning Interfaksga xabar qilishicha, ruhshunos ekspertlar Vinogradovning ruhiy sog‘lomligini aniqlashlari kerak bo‘ladi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.