BBC navigation

"Musulmonlar gunohsizligi" filmi muallifi qamalgan

Сўнгги янгиланиш 8 ноябр 2012 - 13:24 GMT

Yaqin Sharqda musulmonlarning ommaviy norozilik namoyishlariga sabab bo‘lgan film muallifi bir yil muddatga qamalgan.

Biroq xabarlarda aytilishicha, Nakula Basil Nakula aksilislomiy filmi uchun emas, qamoqdan chiqarilganlik shartlarini buzganligi uchun ozodlikdan mahrum qilingan.

Unga nisbatan ilgari surilgan to‘rt ayblovdan birortasi ham filmga taluqli bo‘lmagan.

2010 yilda tovlamachilikda ayblanib qamalgan Nakula Basil shartli ravishda ozod qilinganlik shartlarini buzganini tan olgan.

Mahalliy hakam Kristina Snayderning aytishicha, 55 yoshli Nikula Basil bir yil qamoqda o‘tirganidan so‘ng, to‘rt yil politsiya nazorati ostida bo‘ladi.

Prokuror Nakula Basilga ikki yillik qamoq jazosi so‘ragan bo‘lgan.

"Musulmonlar gunohsizligi" filmi internetda tarqalgach, unga qarshi dunyoning qator musulmon davlatlaridagi namoyishlarda o‘nlab insonlar halok bo‘lgandi.

Shuningdek, Liviyaning Beng‘ozi shahrida namoyishchilar AQSh elchisixonasiga bostirib kirib, elchi doxil uch kishini o‘ldiradi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.