BBC navigation

"Shinjonda uyg‘urlar va markaziy hukumat o‘rtasida ishonch yo‘q"

Сўнгги янгиланиш 8 ноябр 2012 - 16:22 GMT

'Шинжонда уйғурлар ва марказий ҳукумат ўртасида ишонч йўқ'

Хитойда Коммунистик Партия Кнгрессидан сўнг мамлакатда янги ҳукуматнинг келиши кутилар экан, этник масалалар, хусусан, уйғурлар масаласида бирон ўзгариш юз беришини ҳам кутиш мумкинми?

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Xitoy Kommunistik Partiyasi Kongressi o‘z ishini boshlagan bir paytda Tibetda Xitoy boshqaruviga qarshi norozilik bildirgan 4 inson o‘ziga o‘t qo‘ygan.

Sichuan viloyatida uch o‘smir rohib o‘zlariga o‘t qo‘ydilar. Bu mintaqada o‘z-o‘ziga o‘t qo‘yish hollarining aksari oxirgi oylarda bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘smirlardan biri olamdan o‘tgan, qolgan ikkisini kasalxonga olib ketishgan.

Huddi shu kuni yana boshqa bir viloyatda 23 yoshli ayol o‘ziga o‘ta qo‘yib, olamdan o‘tgan.

2011 yil boshlaridan beri Xitoyda 60 dan ortiq Tibetlik o‘ziga o‘t qo‘ydi.

Rasmiy Pekinga ko‘ra, Tibetliklar o‘zlari istagan diniy erkinliklarga egalar va o‘ziga o‘t qo‘yish hollari muxojiratda yashovchi Dalay Lamaning qo‘poruvchilik harakatlari natijasidir.

Xitoy shimoli-g‘arbidagi Shinjon mintaqasida esa, uyg‘urlar jamoasi bilan ham tangliklar saqlanib qolmoqda.

Hozirda Kommunistik Partiya Kngressidan so‘ng mamlakatda yangi hukumatning kelishi kutilar ekan, etnik masalalar, xususan, uyg‘urlar masalasida biron o‘zgarish yuz berishini ham kutish mumkinmi?

Londonda yashovchi uyg‘ur faollaridan biri Aziz Isoning aytishicha, mamlakatdagi uyg‘urlar mavqeida ijobiy o‘zgarishlarni bashorat eta olmaydi.

Aziz Isoning aytishicha, 1955 yili Shinjon mintьaqasiga muxtor viloyat maqomi berilgan.

Lekin muxtoriyat haqidagi qonunga muvofiq uyg‘urlarga berilgan huquqlarga Xitoy rasmiylarining o‘zlari rioya qilmay keladilar, deydi u.

Xitoy Kommunistik Partiyasi rahbarlari etnik ozchiliklar maqomi yoda boy va kambag‘allar o‘rtasidagi farq kabi muammoli masalalardan o‘zlarini olib qochib kelganlar. Bu esa qanday rahbariyat bo‘lmasin shu vaqtgacha olib borilgan tazyiqkor siyosatning davom etishini anglatadi.

Aziz Isoga ko‘ra, markaziy hukumat Shinjon muxtor o‘lkasiga oxirgi yillarda sarmoyalar yotqizib, iqtisodiy o‘sish jihatlariga e‘tibor qaratdi. Lekin shu bilan birga juda ko‘plab xan xitoy millatiga mansublarning mintaqaga kelib joylashishlari uchun yo‘l ochib berdi.

Uning aytishicha, Kommunistik Partiyasi kongressi o‘tkazilayotgan kunlari Shinjon Muxtor viloyatida aholi harakatlanishi uchnu ba‘zi cheklovlar kiritilgan.

Hokimiyat bilan uyg‘ur xalqi o‘rtasida hamkorlik va ishonch darajasi juda past deydi, uyg‘ur faoli.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.