BBC navigation

Sochida o‘zbek va tojik muxojirlari o‘rtasida yirik mushtlashuv yuz berdi

Сўнгги янгиланиш 8 ноябр 2012 - 15:53 GMT

Сочида ўзбек ва тожик мухожирлари ўртасида йирик муштлашув юз берди

Россия Ички Ишлар Вазирлиги Сочи шаҳар бўлинмаси матбуот хизматининг маълум қилишича, "Горная Карусель" спорт мажмуасининг қурилишида мухожир ишчилар орасида келиб чиққан келишмовчилик оммавий муштлашувга айланиб кетишининг олдини олишга маваффақ бўлинган

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Rossiya Ichki Ishlar Vazirligi Sochi shahar bo‘linmasi matbuot xizmatining ma‘lum qilishicha, "Gornaya Karusel" sport majmuasining qurilishida muxojir ishchilar orasida kelib chiqqan kelishmovchilik ommaviy mushtlashuvga aylanib ketishining oldini olishga mavaffaq bo‘lingan.

Ichki Ishlar xodimlariga ko‘ra, muxojir ishchilar ishtirokida kelishmovchilikning kelib chiqishiga maishiy mojaro sabab bo‘lgan.

Shahar Ichki Ishlar bo‘linmasiga mushtlashuv ommaviy shakl olishi mumkinligi haqida ogoh kelib tushganidan so‘ng hodisa yeriga militsiya kuchlari yuborilgan.

Rasmiylarga ko‘ra, militsiya bo‘limiga hammasi bo‘lib 243 kishi olib kelingan. Ulardan 210 nafari O‘zbekiston fuqarosi va 33 nafari Tojikiston fuqarosi.

Ulardan besh kishiga nisbatan jinoiy ish ochilgan, qolganlarga nisbatan ma‘muriy jazo qo‘llangan.

Moskvadan huquq faoli Bahrom Hamroyevning aytishicha, bu kabi mushtlashuvlar Rossiyadagi qurilish maydonlarida oxirgi vaqtlarda tez-tez uchrab turmoqda.

Lekin bu mushtlashuvlarni ikki turli mamlakatdan bo‘lgan muxojirlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, deya talqin qilib bo‘lmaydi.

Huquq faoliga ko‘ra, bu kabi hodisalarning kelib chiqishida asosan ish beruvchilarning o‘zlari sababchi.

Bahrom Hamroyevga ko‘ra, ish beruvchilar ko‘pda ba‘zi muxojirlarga ish haqini to‘lab, boshqalariga bermay, tang vaziyatni keltirib chiqaradilar.

Unga ko‘ra, ishchilarga maosh bermaslik maqsadida ularni deportatsiya qilishga olib keluvchi harakatlarga bilvosita undash harakatlari kuzatiladi.

Bu kabi holatlarni ikki jamoa ishchilari o‘rtasidagi mushtlashuv, deya talqin qilish to‘g‘ri emas, deydi huquq faoli.

Sochi shahrida 2014 yili Qishki Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishi rejalangan va bu munosabat bilan shaharda qurilayotgan qurilish ob‘ektlarida Markaziy Oiyolik muxojir ishchilar mehnat qiladilar.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.