BBC navigation

Toshkentda ilk bor Xalqaro Shaxmat Federatsiyasining musobaqasi o‘tkaziladi

Сўнгги янгиланиш 12 ноябр 2012 - 11:30 GMT

O‘zbekistonlik Rustam Qosimjonov 2004 yilda Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi tasnifi bo‘yicha 17-jahon chempioni bo‘lgan.

21 noyabrdan 5 dekabrgacha O‘zbekiston tasviriy san‘at galareyasida Xalqaro shaxmat federatsiyasi FIDEning Gran-pri uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Musobaqalarda dunyoning 12 eng kuchli grossmeysterlari qatnashishi aytilmoqda.

Musobaqa FIDE, O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasi va Fond Forum jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan.

Xalqaro shaxmat federatsiyasining Gran-prisi olti bosqichda o‘tkazilib, ikki yil davom etadi.

Musobaqa yakunida saralangan 3 kuchli shaxmatchi jahon chempionligi uchun kurashadi. Ayni paytda shaxmat bo‘yicha jahon chempioni hindistonlik Vishvanatan Ananddir.

Jahon chempionligi uchun musobaqalar 2014 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Federatsiyaning birinchi bosqich musobaqalari sentyabr-oktyabr oyida Londonda bo‘lib o‘tgandi. Ikkinchi bosqich musobaqalari uchun shaxmatchilarni Toshkent shahri qabul qiladi.

2013 yilda qolgan bosqichlar Lissabon, Madrid, Berlin va Parijda davom etadi.

Toshkentdagi musobaqalarda Isroil, Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Xitoy, Kuba, Italiya, Vengriya davlatlari shaxmat ustalari qatnashishadi.

O‘zbekiston nomidan Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi tasnifi bo‘yicha 17-jahon chempioni, 2010 yilgi Osiyo chempioni Rustam Qosimjonov bellashuv olib boradi.

Gran-pri doirasida jahonning kuchli grossmeysterlari O‘zbekistonning kuchli o‘smir shaxmatchilari ishtirokida master-klass ko‘rsatishadi.

Musobaqalarda yuqorigi uchta o‘rinni olgan shaxmatchi 4 dekabrda ma‘lum bo‘ladi.

Toshkentdagi xalqaro turnir jahonning 170 mamlakatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishi aytilgan.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.