BBC navigation

Iroq Rossiya bilan milliardlab dollarlik kelishuvini bekor qilgan

Сўнгги янгиланиш 12 ноябр 2012 - 11:19 GMT

4,2 milliardlik bitim Dmitriy Medvedev va Nuri Malikiy muzokaralaridan so‘ng imzolangan edi.

Iroq hukumati Rossiya bilan bir necha milliard dollarlik qurol-yarog‘ kelishuvini bekor qilgan, buning sababini Bag‘dod korruptsiya xavotiri bilan izohlagan.

Iroq Bosh vaziri matbuot kotibining aytishicha, Malikiyning Moskvaga safaridan keyin korruptsiya bilan bog‘liq shubha paydo bo‘lgan va shundan keyin 4,2 milliard dollarlik bitimni qayta ko‘rib chiqishga qaror qilgan.

Nuri Malikiy va Dmitriy Medvedev muzokaralarida tuzilgan ko‘p milliardli bitim Rossiyani AQShdan keyin Iroqqa qurol yetkazib beradigan yirik ta‘minotchiga aylantirgan edi.

Biroq shanba kuni Malikiyning vakili kelishuvni o‘zgarganini bildirgan. "Malikiy Rossiyadan qaytgach, unda korruptsiya borasida shubha tug‘ildi. Shu boisdan kelishuvni qayta ko‘rib chiqish qarori berildi", - deb aytgan Ali Musaviy Frans press agentligiga.

Ali Musaviyga ko‘ra, Iroq tomonidan korruptsiyaga aloqodorlik aniqlangan, Rossiya tomoni ham bu masalaga aniqlik kiritishi lozim.

Moskvaga tashrif buyurgan Iroq delegatsiyasi safida Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Sadun Duleymiy va parlamentning xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Hasan Suneydlar bo‘lishgan.

Rossiya tomonidan harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Federal xizmat rahbari Aleksand Fomin qatnashgan.

BBCning Bog‘doddagi muxbiri eslatishicha, bosh vazirning siyosiy muxoliflari boshidanoq Rossiyadan qurol sotib olinayotganiga norozi qarab, AQSh bilan yirik miqdordagi qurol olish shartnomalariga ishora qilishgan.

Moskva Saddam Husayn davrida Iroq uchun asosiy qurol ta‘minotchisi hisoblangan.

Rossiya harbiy tahlilchilari fikricha, Iroq hukumati rasmiy Vashingtonning bosimi ostida kelishuvni bekor qilgan bo‘lishi ehtimolga yaqin.

Dunyo bo‘yicha qurol savdosini tekshirish markazi direktori Igorь Korotchenko "Rossiyaning xorijiy davlatlar bilan harbiy-texnik hamkorligi tarixida bunday hodisa hali uchramagan", - deydi.

Korotchenko aytadiki, "Rossiyada harbiy-texnik hamkorlikka oid barcha savdolar litsenziyalashtirilgan tarzda amalga oshiriladi va rossiyalik maxsus ta‘minotchilar butunlay shaffof tarzda ish olib borishadi".

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.