BBC navigation

Isroil tanklari Suriya harbiy bo‘linmalarini nishonga oldi

Сўнгги янгиланиш 12 ноябр 2012 - 17:52 GMT

Isroil G‘o‘lon tepaliklarini 1967 yilda bosib olgan

Isroilning ma‘lum qilishicha, mamlakat armiyasi tanklardan Suriya artilleriya bo‘linmalarini "to‘g‘ridan-to‘g‘ri" nishonga olgan.

Isroil bu amalga Suriya snaryadlari Isroil harbiy bo‘linmasi yaqiniga tushishi sabab bo‘lganini aytadi.

Bir kun muqaddam G‘o‘lon tepaliklaridagi bir harbiy bo‘linma Suriya tomonidan o‘qqa tutilishi ortidan Isroil ogohlantiruvchi o‘q uzgandi.

Ammo bugungi hodisa 1973 yilgi Arab-Isroil urushidan buyon kuzatilgan hodisalarning eng jiddiysidir.

1967 yilgi Yaqin Sharq urushi paytida Isroil Suriyaga qarashli G‘o‘lon tepaliklarini bosib olgan.

Isroilning tanklardan Suriyaga qarata o‘q uzishi jiddiy hodisa esa-da, bu Isroilning Suriyadagi fuqarolar urushiga aralashayotganini anglatmaydi, deydi Qudsi Sharifdagi BBC muxbiri Vayr Devis.

Uning ilova qilishicha, Isroil siyosiy va harbiy rahbarlariga ko‘ra, tanklardan o‘q uzilishi buning tamoman aksidir - Isroil Suriyaga bundan buyon hech qanday o‘q uzishlarga jim qarab turmamasligini bildirib qo‘ymoqchi.

Ayni damda g‘arb davlatlari, Qatar va Turkiya Bashar prezident Assadga qarshi birgalikda kurashishni niyat qilgan yangi Suriya muxolifat koalitsiyasining barpo etilishini olqishlab chiqqanlar.

Kuzatuvchilar hisob-kitobiga ko‘ra, Prezident Assadga qarshi qurolli kurash boshlanganidan buyon 36 mingdan ortiq inson halok etilgan.

Yana yuz minglab insonlar boshpana izlab, qo‘shni davlatlarga qochganlar.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.