BBC navigation

O‘zbekistonlik siyosatshunos Zabihulla Saipovga savol bering

Сўнгги янгиланиш 12 ноябр 2012 - 17:13 GMT

Zabihulla Saipov AQSh va O‘zbekiston tashqi siyosatida Islom omilini tadqiq etgan

BBCUzbek.com o‘quvchilarining savollariga o‘zbekistonlik siyosatshunos Zabihulla Saipov javob beradi.

Zabihulla Saipov- siyosiy fanlar nomzodi.

1972 yilda Toshkentda tug‘ilgan, Toshkent shahridagi ingliz tiliga ixtisoslashgan 102-maktabda o‘qigan.

O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakultetida tahsil olgan.

AQShning Nyu-York shahridagi Kolumbiya, Buyuk Britaniyaning Vestminster, Germaniyaning Bonn universitetlarida o‘z malakasini oshirgan.

Qator maqolalari O‘zbekiston va xorijda chop etilgan.

Ilmiy-tadqiqot va o‘quv-uslubiy faoliyatini Toshkent Islom universitetida boshlagan.

Hozirda Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti hamda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutlarida talabalarga saboq beradi.

Zabihulla Saipov "AQSh tashqi siyoatida Islom" hamda "O‘zbekiston tashqi siyosatida arab-musulmon davlatlari" kabi mavzularda tadqiqotlar olib borgan.

O‘zbek-Amerika va o‘zbek-xitoy munosabatlari, mintaqaviy mavzularga doir o‘nlab maqola, kitob va monografiyalar muallifidir.

"Barcha fikrlar o‘zimniki va faoliyat olib borayotgan ushbu o‘quv yurtlari yo-da hukumat mavqe‘ini aslo aks ettirmaydi", - deydi siyosatshunos.

Zabihulla Saipovga savollaringizni sahifamiz pastidagi maxsus forma orqali yo‘llang.

Suhbatni shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz, uning to‘liq matni bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.

Elektron pochtamiz manzili: uzbek@bbc.co.uk

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.