BBC navigation

AQSh Razvedka rahbari Devid Petreus iste‘fo bergan

Сўнгги янгиланиш 12 ноябр 2012 - 11:42 GMT

General Petreusning bu tarzdagi iste‘fosi kutilmagan bo‘lgan

Amerika Markaziy Razvedka Boshqarmasi direktori Devid Petreus nikohdan tashqari aloqalari sababli iste‘fo bergan.

General Petreusning biografi Paula Brodvell bilan ishqiy aloqalari borligi Federal Razvedka Byurosi tekshiruvlari paytida oshkor etiladi.

Janob Petreusning so‘zlariga ko‘ra, payshanba kuni u Prezident Barak Obama nomiga ariza yozgan va uning iltimosi qondirilgan.

"37 yillik oilaviy hayotdan so‘ng men oilamga xiyonat qilib, jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydim. Bunday axloq ham turmush o‘rtoq, ham rahbar sifatida qabul qilib bo‘lmaydigan holdir. Bugun prezident mening iste‘foimni qabul qildi" deyiladi Petreusning xatida.

Devid Petriusning iste‘fosiga sabab Brodvell xonim Garvard universitetining ilmiy xodimi va Londondagi Qirollik kolledjining aspiranti sifatida faoliyat olib borgan.

Paula Brodvell ham general kabi G‘arb akademiyasini tugatgani, harbiy o‘tmishga egaligi aytiladi. Paula xonim rentgenolog Skott Brodvelga turmushga chiqib, Shimoliy Karolinada yashab kelgan. Ma‘lumotlarga ko‘ra, oxirgi paytlarda general Devid Petreusning rahbarlik yo‘li tadqiq qilingan kitobi ustida ishlaydi.

Paula Brodvell ham Petreus kabi West Point akademiyasini tugatgan.

Juma kuni Prezident Obama general Petreusning xizmatlarini ta‘kidlab, uning Qo‘shma Shtatlarga bir necha o‘n yildan buyon professional harbiy va razvedka rahbari sifatida sidqidildan xizmat qilganini aytgan. Prezident Obama Markaziy Razvedka bu vazifasini yana davom ettirishiga umid bildiradi.

"Devid Petrius hayotini harbiy maqsadga bag‘ishlab mamlakatni yanada kuchli va xavfsiz bo‘lishiga hissa qo‘shdi", degan Prezident Obama o‘z murojaatida.

Milliy razvedka direktori Djeyms Klepper Petreusga mamlakat oldidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirib, 50 yildan ortiq harbiy faoliyati davomida o‘zi guvohi bo‘lgan erkak va ayol harbiylar orasida Petreusning eng vatanparvarlardan bo‘lganini va uning iste‘fosidan afsusdaligini bildirgan.

Devid Petreus Markaziy Razvedka Boshqarmasiga o‘tgan yil sentyabr oyida rahbar etib tayinlangan edi.

Bundan oldin u NATOning Afg‘onistondagi kuchlari qo‘mondoni bo‘lib kelgan.

2011 yil Leon Panetta AQSh Mudofaa vaziri etib tayinlangach, Petreus Afg‘onistondagi vazifasidan josuslik xizmatiga rahbarlik lavozimiga o‘tqaziladi.

Devid Petreus shuningdek Iroq urushida NATOning muvaffaqiyatini ta‘minlagan qo‘mondon deb ko‘riladi.

General Petreus O‘zbekistonga qilgan safarida Prezident Islom Karimov bilan ko‘p bor uchrashgan.

Petreusning birinchi safaridan keyin Prezident Karimov Afg‘onistondagi AQSh va NATO qo‘shinlari uchun noharbiy yuklarning mamlakat orqali o‘tishiga ruxsat bergandi.

Markaziy Razvedka Boshqarmasiga direktor o‘rinbosari bo‘lib kelgan Maykl Morell rahbarlik qilishi ma‘lum bo‘lgan.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.