BBC navigation

Do‘rmondagi Prezident qarorgohi yonida namoyish o‘tkazganlar hibsga olingan

Сўнгги янгиланиш 12 ноябр 2012 - 13:12 GMT

Parkentlik yigitlar namoz o‘qigani uchun militsiya xodimlari tomonidan olib ketilgan

O‘zbekistonda militsiya 9 noyabr kuni Prezident Islom Karimovning Do‘rmondagi qarorgohi yaqinida norozilik namoyish o‘tkazgan uch kishini hibsga olgan.

Parkentlik Sherzod Husanov, Tojiboy Salimov hamda Payziboy Yunusovlar diniy ekstremizmda ayblanib, mahkamaga tortilgan yaqinlarini ozod etishni talab qilib chiqishgan.

Ularga hamrohlik qilgan inson huquqlari faoli Yelena Urlayeva ham Qibray tuman ichki ishlar idorasiga olib ketilgan, ammo keyinroq qo‘yib yuborilgan. Qolgan namoyishchilarning taqdiri noma‘lumligicha qolmoqda.

Yuqori Chirchiq tumanida o‘tayotgan mahkamada davlat ayblovchisi parkentlik to‘qqiz nafar namozxon yigitlarga shartli va qamoq jazolari berilishini so‘rashgan.

Ular o‘zlariga qo‘yilgan ayblarni rad etishadi.

Mahkama va norozilik namoyishi tafsilotlari haqida Mustaqil Inson huquqlari himoyachilari alyansi faoli Shuhrat Rustamovdan so‘radik.

"Elena Urlayeva bosh bo‘lib bolalarning ota-onalari namoyish o‘tkazishga uringanlarida militsiya xodimlari ushlab olib ketishgan. Yelenaga kuch ishlatishgan, boshiga urishgan, qo‘lidan telefon apparatini tortib olib, tushirilgan tasvirlarni yo‘q qilishgan. Qamoqqa olingan bittasining akasi, ikkitasining otasi va Yelena Urlayeva Do‘rmon qarorgohiga yaqin borishgan. Kecha yettinchida hukm e‘lon qilinishi kerak edi u bolalarga. Ba‘zi sabablarga ko‘ra hukm e‘lon qilinmagan. Keyin gap-so‘zlardan bilsak, yuqoridan buyruq bo‘lmagani uchun hukm e‘lon qilinmagan emish. Hukm 13-noyabrga qoldirildi. Namoyishchilarning qayerdaligi noma‘lum. Faqat Yelena Urlayevani elchixonadan qo‘ng‘iroq qilingani uchun qo‘yib yuborilgan. Ularni Qibray tumanidan Parkent tuman Ichki Ishlar bo‘limiga olib ketishgan. Ular hech qayerda ro‘yxatga ham olinmagan, telefonlari o‘chirilgan", - deydi Shuhrat Rasulov.

Huquq himoyachisining aytishicha, hibsdagilar namozni o‘rganishni xohlagan oddiy yoshlar bo‘lishgan. Unga ko‘ra, Parkent tumanida namozni o‘qishga bel bog‘laganlarni bir yerga yig‘ib, kitob, disklardan foydalanib, namoz va Qur‘on o‘qitishni boshlashgan. Bundan xabr topgan militsiya xodimlari may oyida uyma-uy yurib shubha ostidagilarni olib ketishgan. Namozxonlar 15 sutkadan o‘tirib chiqqandan keyin uyiga ruxsat beriladi. Biroq oradan bir-ikki hafta o‘tgandan so‘ng yosh yigitlarni yana olib borib qamashgan.

Shuhrat Rustamovga binoan, yoshlarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Lekin qachon, kim va nima uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgani hibsda qolayotganlarning qarindosh-urug‘lariga bildirilmagan.

Ota-onalar farzandlarini hibsga olinganiga nima asos bo‘lgani, qanday jinoiy ish qo‘zg‘atilgani borasida hujjat talab qilib olisholmagan.

Prezident qarorgohi oldiga haqiqat talab qilib borgan Sherzod Husanov, Tojiboy Salimov, Payziboy Yunusovlarning qayerdaligi hozircha noma‘lum.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.