BBC navigation

MTS shikoyatini ko‘rib chiqish yana qoldirilgan

Сўнгги янгиланиш 14 ноябр 2012 - 11:26 GMT

MTS vakillari appelyatsiya yig‘ilishi nimaga qoldirilganidan bexabar

13 noyabrda O‘zbekiston Oliy Xo‘jalik mahkasida MTSning litsenziyasini olib qo‘yilishiga qarshi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish kutilgan edi.

Biroq kengash hay‘ati noma‘lum sabablarga ko‘ra, yana qoldirilgan.

Bundan oldin bir necha bor hay‘at yig‘ilishi keyingi surilgan edi.

MTS vakillariga mahkama tomonidan keyingi yig‘ilish qachon bo‘lishi haqida hech narsa aytilmagan.

Bundan oldin 8 noyabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari mahkamasi appelyatsiya kengashi MTSning sho‘‘ba korxonasi "Uzdunrobita" borasidagi shikoyatini qisman qondirganligi ma‘lum bo‘lgan edi.

O‘zbek tomoni bilan MTS shirkati vakillari o‘rtasida oxirgi oylarda kechgan uzoq muzokaralar kuzatuvchilar fikricha, MTSning O‘zbekistonga yana qaytishi mumkin, degan taxminlarni paydo qiladi.

Toshkentdagi mahkama O‘zbekiston uchun kutilmagan qarorni bergan - MTS shirkatiga qarashli hissalarni davlat foydasiga o‘tkazish hukmini bekor qilgan.

Buning evaziga MTSdan davlatga sakkiz oy mobaynida 600 million dollar mablag‘ to‘lash talab etiladi.

Biroq, "Uzdunrobita"ning to‘rt xodimiga nisbatan chiqarilgan shartli qamoq jazosi o‘z kuchida qoldirilgan.

MTS shirkatining Rossiyadagi vakillari biz bilan suhbatda appelyatsiya kengashining hujjatlari bilan tanishgach bir qarorga kelishlarini aytishgan edi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.