BBC navigation

O‘zbekistonda kuch tizimlari xodimlarining nafaqalari qisqartirilmoqdami?

Сўнгги янгиланиш 14 ноябр 2012 - 17:03 GMT

Ўзбекистонда куч тизимлари ходимларининг нафақалари қисқартирилмоқдами?

Мухолифатдаги Ўзбекистон Халқ Ҳаракати Ўзбекистондаги куч тизимларига мурожат қилиб, уларни ҳукуматнинг нафақаларни қисқартиришга доир "яширин режаси"дан огоҳ бўлишга чақирган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq Harakati O‘zbekistondagi kuch tizimlariga murojat qilib, ularni hukumatning nafaqalarni qisqartirishga doir "yashirin rejasi"dan ogoh bo‘lishga chaqirgan.

Uzxalqharakati. com websaytida e‘lon qilingan murojaatda Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashiga nisbat berilgan maxfiy hujjatdan iqtibos keltiriladi.

Unda go‘yoki kuch tizimlariga xodimlarning nafaqalarini qisqartirish yuzasidan yo‘riqlar beriladi.

Shunday yo‘riqlardan biriga ko‘ra, xodimlar nafaqaga chiqishiga yaqin qolganda pora bilan qo‘lga tushirilib, pensiyadan mahrum qilinishlari mumkin.

O‘zbekiston hukumati so‘nggi yillarda "nafaqa tizimini isloh qilish" deya ta‘riflangan qator choralarga qo‘l urgan.

Ammo BBC bilan suhbatda Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston Senatidagi manba‘lar muxolifat web sahifasida tarqatilgan xabarni tasdiqlashmadi.

BBC O‘zbekiston Xalq Harakati raisi Muhammad Solihdan bu axborotning manba‘si haqida so‘ragan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.