BBC navigation

Toshkentda ikki huquq faoli ushlab ketilgan

Сўнгги янгиланиш 14 ноябр 2012 - 11:14 GMT

O‘zbekistonda huquq faollari doimo militsiya kuzatuvi ostida

Toshkentdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, huquq faollari Shuhrat Rustamov va Abdullo Tojiboy o‘g‘li hibsga olingan.

2012 yil 14 noyabr kuni ertalab soat 9 larda ikkala faol maxsus xizmat xodimlari tomonidan olib ketilgan.

O‘zbekiston Xalq harakati saytining yozishicha, bugun Shuhrat Rustamov o‘zini ertalabdan ta‘qib qilishganiyotganidan xabar beradi.

Huquq faollarining Toshkent viloyati mahkamasida sud jarayoniniga borishidan xabar topgan maxsus xizmat xodimlari ularning izidan tushishgan.

Abdullo Tojiboy o‘g‘lini Toshkent shahar Chilonzor tumani Ichki ishlar bo‘limiga, Shuhrat Rustamovni esa Shayxontohur tumanidagi bo‘limga yetkazishgani aytiladi.

Huquq faollarining telefonlari o‘chirilgani bois, ular bilan bog‘lanib bo‘lmadi.

Bundan ikki kun oldin huquqbon Shuhrat Rustamov diniy ekstremizmda ayblanayotgan parkentlik yigitlarning ota-onalarini ham qamab qo‘yishgani haqida xabar bergan edi.

Rustamovning aytishicha, parkentlik ota-onalar O‘zbekiston Prezidentining Do‘rmondagi qarorgohi yaqinida norozilik namoyishi o‘tkazmoqchi bo‘lganlarida ushlanadi.

Adolat istab namoyishga chiqqan kishilarning himoyasiga otlangan huquq faollari ayni paytda Ichki ishlar bo‘limida qolmoqda.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.