BBC navigation

Pokistonda armiya askari qatl etildi

Сўнгги янгиланиш 15 ноябр 2012 - 13:41 GMT

Taxmin etilishicha, hozir Pokistonda 8, 000 kishi oliy jazoga hukm qilingan

Pokistonda 4 yil asnosida ilk bor o‘lim jazosi ijro etilgan. Payshanba kuni ertalab Panjob viloyatida 4 yil muqaddam oliy jazoga hukm qilingan askar osib o‘ldirilgan.

Muhammad Husayn 2008 yil o‘zidan yuqori lavozimdagi armiya zobitini o‘ldirganlikda aybdor topilgandi.

Muhammad Husaynning avf so‘rab qilgan arznomalari rad etilgan.

Muxbirlarga ko‘ra, bugungi qatl 2008 yil dekabr oyidan beri amalda bo‘lgan o‘lim jazosiga norasmiy moratoriyga nihoya yasaydi.

Inson huquqlari faollariga ko‘ra, janob Husaynning ishidagi asosiy jihat hukm harbiy mahkama tarafidan chiqarilganidir.

Ishonilishicha, Pokiston Prezidenti Osif Ali Zardoriy ish harbiylik bilan aloqadorligi uchun qatlni amalga oshirishga xayrixoh bo‘lmagan.

Faollar askarning osib o‘ldirilishidan xavotir bildirishgan, biroq bu hukumatning o‘lim jazosini bekor qilishga qaratilgan sa‘y-harakatlaridan voz kechilayotganini anglatadimi yo‘qligi noma‘lum.

Pokistondagi Inson huquqlari komissiyasi rahbari Zuhra Yusuf BBCga payshanba kungi qatl hukumat siyosatidagi keskin bir o‘zgarish aloamti degan fikrga qo‘shilmaydi.

Huquq faollariga ko‘ra, dunyodagi eng ko‘p o‘lim jazosi olgan mahbuslar Pokistonda. Taxmin etilishicha, hozir mamlakatda 8, 000 kishi oliy jazoga hukm qilingan.

Xalqaro Amnestiga ko‘ra, tashkiloti ko‘plab hukmlar adolatsiz mahkama jarayonlari natijasidir.

O‘tgan yilning o‘zida Pokistonda 300dan ortiq mahbusga o‘lim jazosi berilgandi.

Matbuot xabarlariga ko‘ra, Muhammad Husaynning avf so‘rab qilgan murojaati 2011 yil dekabrida Prezident Osif Ali Zardoriy tarafidan rad etilgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.