BBC navigation

Prezident Rahmon internet orqali terrorchilik g‘oyalari yoyilishidan xavotirda

Сўнгги янгиланиш 15 ноябр 2012 - 14:57 GMT

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Internetdan "zo‘ravonlik, terrorchilik va ektremizm g‘oyalari" targ‘ibotida foydalanilishi oldini olish uchun maxsus politsiya guruhi tashkil etishni taklif qilgan.

Politsiya rasmiylari bilan yig‘inida Rahmon janoblariga ko‘ra, ekstemist guruhlar axborot va kommunikatsiya texnologiyasi, jumladan internetdan zo‘ravonlik g‘oyalarini, ayniqsa, yoshlar va o‘smirlar orasiga yoyishda keng qo‘llashi mumkin.

"Ko‘p holatlarda internet faqat kommunikatsiya uchun emas, balki ekstremist va terrorchilik amallarini muvofiqlashtirishda ham foydalanilishi mumkin. Shunga qaramay, Tojikiston hukumati fuqarolarning internetdan foydalanish huquqini cheklamoqchi emas", deb aytgan Tojikiston Prezidenti.

Markaziy Osiyoda hukumatlar tomonidan bunday chaqiriqlar ilk bor yangrayotgani yo‘q.

Ular, xususan, intrenet orqali olinayotgan ma‘lumotlar yoshlar va o‘smirlar ongiga ta‘siridan xavotirda ekanlari sir emas.

Ba‘zi kuzatuvchilar Prezident Rahmonning so‘nggi chiqishini 2013 yilga mo‘ljallangan saylovlar oldi yangi cheklovlar tadbiq etilishiga ishora sifatida izohlashmoqda.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.