BBC navigation

Turkiya: o‘zbekistonlik qochqinning ekstraditsiyasi vaqtincha qoldirildi

Сўнгги янгиланиш 15 ноябр 2012 - 16:38 GMT

Turkiyalik faollar hukumatdan o‘zi imzolagan hujjatlarga amal qilishni, qochqinni ekstraditsiya etmaslikni talab qilishgan.

Turkiyaning Istanbul shahar mahkamasida o‘zbekistonlik qochqin Shomurod Qosimov ishi ko‘rib chiqilgan.

Prokuror uni O‘zbekistonga ekstraditsiya etishni so‘ragan. Himoyachilarning talabi bilan ishni qayta ko‘rib chiqish 10 dekabrga qoldirilgan.

Istanbuldagi jinoiy mahkama shu yilning sentyabrida o‘zbekistonlik qochqinning BMTga boshpana so‘rab yozgan arizasi ko‘rib chiqilayotgani uchun mahkamani 14 noyabrga qoldirgan edi.

Turkiyalik faollar turk hukumatidan o‘zi olgan xalqaro majburiyatlarni hurmat qilish va siyosiy qochqinni O‘zbekistonga topshirmaslikni talab qilishmoqda.

Ularga ko‘ra, vatanida diniy-siyosiy ayblarga yuz tutayotgan Shomurod Qosimov O‘zbekistonga topshirilgani taqdirda uni 2010 yilda O‘zbekiston qamoqxonasida vafot etgan Zayniddin Asqarovning taqdiri kutadi.

Mahkamada qatnashgan himoyachi Abduhalim Yildizning aytishicha, Shomurod Qosimov namoz va Qur‘on o‘qigani uchun O‘zbekiston hukumati tomonidan ta‘qib qilinmoqda.

Turkiyadagi "O‘zbeklar birligi" nohukumat tashkiloti ham Shomurod Qosimovni O‘zbekistonga topshirmaslik talabi bilan kampaniya boshlagan edi. Turkiya hukumatidan o‘zi imzolagan bitimlarga amal qilishini talab qilib chiqqan.

Mahkamada qatnashgan Shomurod Qosimovning himoyachisi Abduhalim Yildiz aytishicha, o‘zbekistonlik qochqin faqat namoz va Qur‘on o‘qigani uchun ta‘qib qilinmoqda.

"Prokurorning so‘roviga javoban biz Shomurod Kosimov agar O‘zbekistonga yuborilsa, u yerda qiynoklarga tutilishini aytib, ekstraditsiya etmaslikni talab kildik. Bundan tashkari O‘zbekistondan yuborilgan ekstraditsiya hakidagi hujjatlarning to‘g‘ri tarjima qilinmagani va hattoki ulardan ba‘zilarining umuman noto‘g‘ri tarjima kilingani tufayli biz mahkamadan bu xujjatlarni to‘g‘ri tarjima etilishini so‘radik. Mahkama bizning bu talabimizni qondirdi va bu ishni yana 10 dekabrda kayta ko‘rib chiqishini ma‘lum qildi", - deydi himoyachi Abduhalim Yildiz.

Lekin ayni damda mahkama Shomurodni kamokda ushlab turishga karor bergan. Shomurod Qosimov Istanbulda kamokxonada saqlanmokda.

Himoyachiga ko‘ra, ular mahkamaning bu qaroriga raddiya tayyorlashmoqda.

Shomurod Qosimovga O‘zbekiston tomonidan mamlakat konstitutsion tuzumini ag‘darishga urinish ayblovi qo‘yilgan.

Kecha o‘tgan mahkamada himoyachilar bu ayblovning siyosiy ayblov ekanini va hech qanday asosga ega emasligini aytishgan.

"Biz bunday ayblov bilan bir shaxsni bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ekstraditsiya etish xalkaro konunlarga xam, Turkiya konunlariga tugri kelmaydi deb bilamiz", - deb aytadi janob Yildiz.

Uning aytishicha, maxkamaning yakuniy qarori dekabr oyida ma‘lum buladi.


----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.