BBC navigation

Moskvada o‘zbeklarni qullikda saqlaganlarga qarshi ish yopildi

Сўнгги янгиланиш 15 ноябр 2012 - 16:55 GMT

Moskva shahar Preobrajenskiy tumanlararo prokuraturasi O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolarini qullikda saqlaganlarga nisbatan ishni yopiq deb e‘lon qilgan.

Prokuraturaning qaroriga qullikda saqlagan qozog‘istonlik tadbirkor er-xotin Saken Muzdibayev va Jansulu Istanbekovalarning harakatida "ozodlikdan mahrum qilish" dalillari yetarli bo‘lmagani asos qilinadi.

Preobrajenskiy tuman mahkamasi do‘kon egalari odamlarni 10 yil noqonuniy ushlab, ularning mehnatidan foydalanib kelgani haqidagi dalillarga e‘tibor ham qilmadi, - deb aytgan "Alternativa" harakatining rahbari Oleg Melnikov BBCga.

Biroq faollar bu jinoyatda "erkinlikdan mahrum qilish" ham, "qul qilib ishlatish" harakatlari ham borligidan prokuraturaning qaroridan taajubdalar.

Moskva prokuraturasining Interfaksga bildirishicha, jinoiy ish ochishni bekor qilgan hakam o‘z vakolatlaridan kelib ish yuritgan.

Faollar prokuratura qarori bo‘yicha shikoyat arizasi berishganini ma‘lum qilishadi.

Moskva sharqida ikki o‘zbekistonlik ayolni qullikda saqlangan do‘kon egalariga nisbatan jinoiy ish o‘tgan seshanba kun ochilgan edi.

O‘zbekistonlik Laylo Ashirova va Bakiya Qosimova 2002 yildan 2012 yil oktyabrigacha Golyanovodagi do‘konda noqonuniy ushlanib, qullarcha ishlatib kelingani ma‘lum bo‘lgan edi.

2002 yilda ham bu oila bilan shunday ish sodir bo‘lgan. Do‘kon egasining opasi Cholpan Istanbekova ham shunga o‘xshash ish bo‘yicha mahkamaga tortiladi.

Butirskiy mahkamasi Istanbekovni besh yilga qamagan, biroq u bir yildan so‘ng Putinning avfi orqali ozodlikka chiqadi.

Rossiyalik faol Anastasiya Denisova bu kabi holatlar Rossiyada tez-tez sodir bo‘lishini, biroq kamdan-kam hollarda "qullikda ishlatganlik" bandi bo‘yicha jinoiy ish ochilishini aytadi.

Faollar Golyanovodagi qullik bo‘yicha jinoiy ish ochilishiga harakat qilishmoqda.

Shu maqsadda jamoatchilik vakillari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin nomiga ochiq xat yo‘llab, bu ishni shaxsan nazoratiga olishini so‘rashgan.

Moskvadagi oziq-ovqat do‘konida noqonuniy ishlatib kelingan qozog‘istonlik va o‘zbekistonlik odamlar vatanlariga jo‘nab ketishgan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.