BBC navigation

Tojik fuqaro urushi xotiralari

Сўнгги янгиланиш 16 ноябр 2012 - 17:37 GMT

Tojikistondagi fuqarolar urushi haqidagi ma‘lumotlar tobora kamayib bormoqda.

Uch yil avval men Tojikistonning Qo‘rg‘ontepa shahridagi o‘rta maktab o‘quvchilari bilan mamlakat tarixi haqida suhbatlashgandim.

Ular mening Tojikiston Kommunistik Partiyasi qo‘mitasi bosh kotiblari va madaniyat arboblari ismlarini bilganimdan hayratga tushgandilar.

Lekin mamlakatda davom etgan 1992-1997 yillardagi fuqarolar urushi davridagi taniqli shasxlarni tilga olgan vaqtim ular kim haqida gapirayotganimni umuman bilishmagandi.

Men ularning Xalq Jabhasining eng qudratli qo‘mondoni bo‘lgan va ular yashaydigan shaharni qo‘lga olgan Sangak Safarov haiqda umuman eshitmaganlaridan hayratga tushgandim.

Suhbatimizda qatnashgan oliygoh talbasi yoshi kattaroq yigit o‘quvchilarni fuqaro urushi haqida hech nima bilmaslikda ayblab, Sangak Safarov haqida eshitganliklarini aytgandi.

Bu suhbatdan bir necha kun o‘tib, men mahalliy bozordagi maktab darsliklari sotiladigan rastalarni borib ko‘rdim.

Tarix darsliklarini varaqlar ekanman, ularda fuqaro urushi haqida faqatgina juda qisqa ma‘lumot berilganligini ko‘rdim.

O‘shandan beri boshqa mahalliy darsliklar va tarix bo‘yicha kitoblarni ko‘zdan kechiib chiqdim. Ularning hammasida sho‘rolardan so‘nggi Tojikiston tarixining belgilovchi hodisasi bo‘lgan urush haqida juda kam ma‘lumot bor edi.

Umuman olganda bu holatni Tojikistondagi hamma bosma nashr va matbuot vositlarida kuzatish mumkin.

Fuqarolar urushi sabab ko‘plar uylarini tashlab chiqishgan, aholini oziq-ovqat bilan ta‘minlash juda qiyin ahvolda edi.

Tojikiston aholisi fuqaro urushini yoddan chiqarmoqda.

Yoshlar orasida fuqaro urushi haqida yaxshi ma‘lumotga ega bo‘lgan, asosan shaharda yashovchi kam sonli ziyoli guruh bor. Lekin ular bu ma‘lumotlarga o‘zlari harakat qilib erishganlar, shuningdek ularni keng xalq ommasi biladi, deb bo‘lmaydi.

Internetdagi ba‘zi vebsahifalarda va ba‘zan ro‘znomalardagi maqolalarda fuqaro urushi mavzusi ko‘tarilib turadi. Ammo bu vebsahifa va ro‘znomalar ko‘plar uchun qo‘l yetarli darjada emas.

Bundan tashqari fuqaro urushi mavzusi kattalarning o‘z farzandlari bilan muhokama qiladigan mavzular qatoridan ham o‘rin olmagan.

Bu mavzuni nomaqbul mavzu sifatida chetlab o‘tishga harakat qiladilar.

Agarda Tojikistondagi yosh avlod fuqaro urushi haqida ma‘lumotsiz qolarverar ekan, oxir oqibat butun mamlakat aholsi urushdan bexabar avlodga aylanadi.

Fuqaro urushi davri boshlarida Qo‘rg‘ontepa shahri va atrofdagi Boxtar va Vaxsh vodiysi aholisi ko‘plab qurbonlar bergan, ko‘pchilik yashab kelgan uy-joyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Lekin bu mintaqada ham yoshlar fuqaro urushi haqida juda kam narsa biladilar.

Balki bu holatning ham ijobiy va ham salbiy tomoni bordir.

Salbiy tomoni shuki, yoshlar rahbarlarning siyosiy va ijtimoiy ravishda tutgan rahmsiz yo‘lari ne qadar tezlik bilan keng miqyosdagi zo‘ravonliklarga aylanib ketishi mumkinligidan bexabarlar.

Lekin buning yagona ijobiy tomoni shuki, yoshlar boshqa urushdan keyingi davrni boshdan kechirayotgan mamlakatlarda bo‘lganidek g‘azabga to‘lgan emaslar.

Tojikistondagi jamoa g‘azabi darajasi mojaroni boshdan kechirgan boshqa davlatlardagi kabi odamlarning o‘zliklarini belgilashda muhim rol o‘ynaydigan omil emas.

Fuqaro urushi haqida ma‘lumot olishni istagan har qanday fuqaro esa maktab yoda oliygoh darsliklarini titkilab ovora bo‘lmasin.

Tojikistonda fuqaro urushini tahlil qiluvchi kitoblar juda kam va mavjudlarining ham sifati yaxshi emas.

Urush haqida yaxshi tahlilni faqatgina rus yoki ingliz tilidagi nashrlardan topa olasiz. Boshqa manbalarni topish bundan-da mushkul.

Urush haqida yozilgan ilmiy ishlar, nohukumat tashkilotlar hujjatlari, xalqaro tashkilotlar hisobotlari shular jumlasidandir.

Lekin fuqaro urushi borasida yozilgan tojik va rus tilidagi maqolalar soni Internet sahifalarida ko‘payib bormoqda.

Shunga qaramay, Tojikistondagi yosh avlod vakillari ichida juda ozchilik maktab dasturdan tashqarida bo‘lgan adabiyotlarni o‘qiydi. Internetdan foydalanish imkoni boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan solishtirganda ham cheklangan.

Urushga olib kelgan hodisalar va mojaroning kelib chiqishiga turtki bergan omillar borasida xabarsizlik holati qachonlardir o‘nglanadi, deb o‘ylamayman.

Fuqaro urushi hodisasi zamonaviy Tojikiston tarixidagi dastlabki urush - Bosmachilar harakati bilan birga tarixning kamdan kam nazar tashlanadigan bir burchiga aylanishi ehtimoli ko‘proq.

Tarixiy saboq sohasida hozirda hukumat asosiy e‘tibor qaratayotgan davr bu Somoniylar sulolasi davrini ulug‘lashtirish va tojik o‘zligining shakllanishiga hissa qo‘shgan, deya taqdim etilayotgan sanoqli tanlangan shasxlarni targ‘ib qilishdir.

Hukumatning fuqaro urushi davrini yoddan chiqarish harakatlari ataylab ishlab chiqilgan taktikami, yo‘qmi bu nazardan qochirish urinishlarining natijasi ayon. Tojikiston fuqaro urushi xotiradan ko‘tarilmoqda.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.