BBC navigation

"O‘zbekiston qiynoqlarni rasman tan olmaguncha ahvol o‘zgarmaydi"

Сўнгги янгиланиш 16 ноябр 2012 - 17:51 GMT

YeBRRning 2003 yil Toshkentdagi yig‘ilishida Prezident Islom Karimovdan qiynoqlarni qoralash talab qilingandi.

Taniqli inson huquqlari himoyachisi "O‘tyuraklar Klubi" asoschisi Mo‘‘tabar Tojiboyevaning aytishicha, O‘zbekiston rahbariyati mamlakatdagi sistematik qiynoqlarga oid ichki siyosatini o‘zgartirmas ekan, O‘zbekistonda qiynoq hollari kamayishini kutib bo‘lmaydi.

Tojikistonda ikki politsiya zobiti ustidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi tugatilib, mahkamaga oshirilgan.

Tojikiston Jinoyat Kodeksiga 2012 yil martida maxsus qiynoq bandi kiritilgan.

Ikki oy avval o‘spirinni kaltaklagani uchun bir politsiyachi 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Qiynoqlar muntazam qo‘llaniladi, deb ta‘riflangan O‘zbekistonda esa atigi 2-3 ish mahkamagacha yetib borgan.

Tergov ostidagi insonlar o‘limiga sababchi, deya ko‘rilgan Toshkentning sobiq Sobir Rahimov tumani militsionerlari va Farg‘ona viloyat Milliy Xavfsizlik xizmati xodimlari qiynoq qo‘llaganlari uchun javobgarlikka tortilganlar.

Shuningdek, toshkentlik militsionerlarning Rayhon Soatovaning nomusiga tajovuz qilganlari jahon hamjamiyatining e‘tiboriga tushgan.

Bundan roppa-rosa 10 yil ilgari - 2002 yil noyabrida Birlashgan Millatlar tashkilotining Qiynoqlar bo‘yicha maxsus ma‘ruzachisi Teo van Boven O‘zbekistonga borgan, 2003 yil bahorida o‘z hisobotini e‘lon qilgan edi.

Teo van Boven O‘zbekistonda qiynoqlar sistematik qo‘llanadi, deb aytgan.

BMT maxsus ma‘ruzachisi hisobotidan keyin O‘zbekiston hukumati qiynoqlarga qarshi maxsus dastur qabul qilganini e‘lon qilgan, biroq o‘sha dasturdan keyin o‘tgan 10 yilda ham vaziyat o‘zgarmaganini aytishadi faollar.

2003 yil mayida Ovro‘po Tiklanish va Taraqqiyot banki o‘zining yillik majlisini Toshkentda o‘tkazgan, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning qiynoqlarni rasman qoralashi talab qilingan edi.

Ammo O‘zbekiston televideniyesi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatgan YeBRR rahbarlari majlisining ochilish marosimida Prezident Karimov qiynoqlarni qoralashdan voz kechgan edi.

Ovro‘po bankining o‘sha paytdagi raisi, Britaniya Taraqqiyot vaziri Kler Shortning O‘zbekistondagi inson huquqlariga doir so‘zlari Prezident Karimovni g‘azablantirgan, u ingliz tilidan rus tiliga tarjimonning ovozi kelayotgan qulog‘idagi naushnikni olib tashlagan edi.

Shu yil martida BMTning qiynoqlar bo‘yicha sobiq maxsus ma‘ruzachisi Teo van Boven, O‘zbekistondagi qiynoqlar vaziyati uchun Prezident Islom Karimovni javobgarlikka tortish kerak, deb chiqdi.

Bugungi kunda Frantsiyada istiqomat qilayotgan taniqli inson huquqlari faoli Mo‘‘tabar Tojiboyevaning aytishicha, O‘zbekistonda qiynoqlar "davlat siyosatiga aylantirilgan.

O‘zbek militsiyasi va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari qiynoqlarni qo‘llash yo‘li bilan aybsiz insonlarning jinoyat sodir etgani haqidagi iqrorliklarini qo‘lga kiritishadi.

"Diniy ekstremizm nima, terrorizm nima ekanini bilmaydigan, davlatga qarshi chiqish nimaligini tushunmaydigan insonlar O‘zbekistonda diniy ekstremizm, diniy terrorizm moddalari bilan ayblanib ommaviy qamalishlari odatiy holga aylanganini hammamiz bilamiz. Bu qilayotgan kirdikorlarini O‘zbekiston hukumati terrorizmga qarshi kurash deb ko‘rsatadi va xalqaro terrorizmga qarshi kurashdagi sheriklarining qo‘llab-quvvatlovini qo‘lga kiritish uchun ham diniy e‘tiqodi mustahkam insonlarni ommaviy qamaydi", deydi Mo‘‘tabar Tojiboyeva.

Mo‘‘tabar Tojiboyeva bilan suhbat:

Мўътабар Тожибоева билан суҳбат

Мўътабар Тожибоева: 'Ўзбекистон қийноқларни расман тан олмагунча аҳвол ўзгармайди'

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

O‘zbekistonda shu paytgacha ham militsiyaning davlatdagi maqomini belgilab bermagan qonun qabul qilinmagan.

Bugun ayrim inson haqlari faollari Oktyabr inqilobigacha atalgan nomi - "mirshabxona" deb ataydigan huquqni muhofaza qilish idorasining nomi militsiya bo‘lishi kerakmi yoki politsiya, buni hatto O‘zbekiston parlamentining ikki palatasi vakillari ham bilishmaydi.

Huquq faollariga ko‘ra, ushbu holat ham militsiyani amalda javobgarlikdan ozod qiladi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.