BBC navigation

Qiynoq qo‘llashda ayblanayotgan Tojik politsiyachilar ustidan jinoyat ishi ochilgan

Сўнгги янгиланиш 16 ноябр 2012 - 15:14 GMT

Politsiya zobitlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan tergov yakunlanib, jinoyat ishi Xo‘jand shahar mahkamasiga oshirilgan.

Tojikiston shimolidagi Sug‘d viloyati prokuraturasi ikki politsiya xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochgan.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jinoyat-qidiruv bo‘limining ikki zobitiga pornografik video disklarni tarqatishda gumon qilingan shaxsni qiynoqqa tutish ayblovi qo‘yilgan.

Ichki ishlar vazirligi yuqori lavozimdagi mulozimiga ko‘ra, ikki politsiya zobitiga nisbatan qo‘zg‘atilgan tergov ishlari yakunlanib, hozirda Xo‘jand shahar mahkamasiga oshirilgan.

Politsiya zobitlariga nisbatan "qiynoq" ayblovi qo‘yilgan.

Tergov xulosalariga ko‘ra, ikki politsiya xodimi 20 yashar Tojikiston fuqarosini pornografik videodisklarni tarqatishda gumon qilib, qo‘lga olishadi va undan iqrornoma olish maqsadida kun davomida qiynoqqa tutishadi.

Qiynoqlar natijasida, tibbiy ekspertiza xulosalarida ta‘kidlanishicha, gumonlangan shaxsning qulog‘i yirtilib ketadi, buyragi qattiq lat yeydi.

Hozirda politsiya xodimlarining vazifalaridan chetlatilgani xabar qilingan.

Ochiqda kolayotgan esalar-da, ularning shahardan chiqishlari ma‘n etilgan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, Tojikiston huquq-tartibot idoralarida qiynoq keng qo‘llanadi.

O‘tgan hafta buni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning o‘zi ham e‘tirof etgan.

Politsiya xodimlari kuni munosabati bilan ichki ishlar rahbarlari bilan uchrashgan Prezident Imomali Rahmon o‘z ta‘biricha, bunday "sharmandali" tajribadan voz kechishga chaqirgan.

Shu yilning mart oyidan boshlab, Tojikiston Jinoyat Kodeksiga huquq-tartibot xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi "qiynoq" bandi kiritilgan.

Ikki oy avval esa Tojikiston janubidagi Yovon tumanida bir militsiya xodimi balog‘atga yetmagan o‘spirinni kaltaklagani uchun 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.