BBC navigation

Toshkentda yangi yildan boshlab yo‘llarga kameralar o‘rnatiladi

Сўнгги янгиланиш 16 ноябр 2012 - 16:24 GMT

Tezlikni kuzatuv kameralari o‘rnatilgach, DAN xodimlariga ehtiyoj kamayadi

2013 yil yanvaridan Toshkent shahrining barcha chorrahalariga tezlikni kuzatuv kameralari o‘rnatilishi mo‘ljallanmoqda.

Yilning ikkinchi yarmidan bu usul viloyat markazlari va respublikaning barcha shaharlariga qo‘llanilishi aytiladi.

O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining vakili so‘zlariga ko‘ra, yo‘llar kuzatuv kameralarga ehtiyoj katta.

Bu ish uchun hukumat tomonidan katta mablag‘ ajratilgan.

Vazirlik vakiliga ko‘ra, bundan buyon yo‘llarda avtomashinalarning tezligini tekshirib, inspektorlar turishmaydi. Inspektorlar o‘rnini videokameralar to‘liq egallashi ko‘zda tutilgan.

Qatnov gavjum yo‘llarda esa patrul mashinalari nazorat qilib turadi.

Kuzatuv videokameralar dunyoning ko‘p mamlakatlaridagi kabi ishlaydi. Tartibni buzib, tezlikni oshirgan haydovchining mashina raqami suratga olinadi va jarima uy manziliga jo‘natiladi.

O‘z vaqtida to‘lanmagan jarima ustiga yana foiz qo‘shiladi. Ichki Ishlar vakilining aytishicha, yo‘llarda qonunni buzganlar uchun jarima miqdorini oshirilgani hozirning o‘zida tartibbuzarlar soni kamayishiga olib kelgan.

Kameralarning ishga tushirilishi bu borada yana ko‘proq natija berishi, yo‘l harakati hodisalarini kamaytirishi mumkinligi aytilmoqda.

Biroq, O‘zbekistonda DAN xodimlari tomonidan tartibni buzmagan mashina egalari ham ushlanib, tez-tez jarima belgilashi odatdagi holga aylangani sababli, kuzatuv kameralari haydovchilar bilan birga DAN xodimlari cho‘ntagiga ham zarar keltirishi tabiiy.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.