BBC navigation

Bangladesh poytaxtidagi yong‘in butun boshli mavzeni vayron etgan

Сўнгги янгиланиш 19 ноябр 2012 - 13:56 GMT

Bangladesh poytaxti Dakkaning qashshoqlar mavzesida kelib chiqqan yong‘in kamida 11 insonning umriga zomin bo‘lgan.

Aholi juda zich yashaydigan Hazaribog‘ deb ataladigan mavzeda yong‘in tonggi 3 larda kelib chiqqan.

Bu paytda hamma uyquda bo‘lgan.

Yong‘in o‘chirish xizmatiga ko‘ra, oqibatda 500 xonadon kuyib kul bo‘lgan.

Yong‘in o‘chiruvchilar vayronakor o‘tni o‘chirish uchun to‘rt soat kurashganlarini aytganlar.

BBCning Dakkadagi muxbiri Anbarasan Etirajanning aytishicha, poytaxtning eng kambag‘al odamlari, qora mehnat bilan shug‘ullanadiganlar, riksha haydovchilari yashaydigan mavzedagi uylar ham arzon uylar bo‘lgan.

Tor xonadonlarning aksari tez olovlanadigan bambuk, plastik materiallar va tunukadan tiklangan bo‘lgan.

Shuning uchun ham yong‘in hududda tez tarqalgan.

Rasmiylar yong‘in oqibatida hayotdan ko‘z yumganlarning olti nafari ayol, to‘rt bola va bir erkak ekanini aytganlar.

Juda ko‘pchilik jarohatlangan.

Yong‘in kelib chiqishiga nima sabab bo‘lgani o‘rganilayotgani aytilgan.

O‘t sigaretdan yoki chivin haydash uchun yoqib qo‘yiladigan pilikdan kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlar bildirilgan.

Ommaviy axborot vositalari rasmiylardan birining yong‘in yoqilg‘i ortilgan avtomobildan kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi haqidagi so‘zlarini keltirganlar.

Endi qashshoq odamlar boshpanasiz ham qolishgan.

Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasina halok bo‘lganlar haqqiga duo qilgan, u yong‘indan jabr ko‘rganlarga tez yordam, jumladan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur narsalarni tarqatishga buyruq bergan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.