BBC navigation

G‘azoda qurbonlar soni 90 dan oshdi

Сўнгги янгиланиш 19 ноябр 2012 - 14:59 GMT

Isroil raketalari dengizdan va havodan turib G‘azoni hujumga tutishda davom etmoqda.

Yakshanba kuni Isroil raketalari G‘azodagi turar joy binosiga kelib tushishi oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘lgan.

Assosheyted Pressning xabar berishicha, qurbonlar orasida to‘rt nafar bola va 81 yoshli ayol bor. Isroil o‘z hujumlarini HAMAS ob‘ektlarini nishonga olayotganligi bilan oqlagan.

Ayni paytda HAMAS ham raketa otishni to‘xtatmayapti. Isroil harbiylarining aytishicha, "Temir gumbaz" himoya qilish tizimi G‘azodan otilgan raketalarning aksariyatini havoda zararsizlantirgan.

Dushanba kuni tongda G‘azodagi falastinliklarning yana ikki uyi havo hujumida yakson etilgan. Mahalliy rasmiylarning aytishicha, ikki bola va ikki kishi o‘lgan, 42 kishi yaralangan.

Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan 20 ga yaqin kishini tortib olishga harakat qilmoqda.

BMT Bosh kotibi tomonlarni zudlik bilan hujumlarni to‘xtatishga chaqirgan. Pan Gi Mun shuningdek, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi otashkesimni muhokama qilish uchun Qohiraga borishini ma‘lum qiladi.

Harbiy amaliyotlar davomida Isroil G‘azoga mingdan ortiq havo hujumlari uyushtirgan. Isroil o‘z hujumlaridan maqsad HAMASga qarashli ob‘ektlarni yo‘q qilish ekanini iddao qilmoqda.

Biroq qurbonlarning aksariyati tinch fuqarolardir. Isroil tomonidan hammasi bo‘lib uch kishi halok bo‘lgan.

Oldinroq, Isroil hukumati zaxiradagi 16 ming askarni quruqlikdagi ehtimoliy hujumlarga safarbar etib, 75 ming nafarini hozir turishlari bilan ogohlantirgan.

"Askarlar ro‘y berishi mumkin bo‘lgan har qanday amaliyotga tayyor," - deb aytgan janob Netanyahu Isroil hukumatining yakshanba kungi yig‘ilishida.

Dushanba kuni Isroil tomonlarning otashkesimga kelishlariga katta harakat qilayotgan Misr rasmiylariga falastin jangarilari seshanba kungacha o‘t ochishni to‘xtatmas ekan, harbiy amaliyotlar kengayishi va quruqlikda boshlanishini ma‘lum qiladi.

Isroil Iqtisod vaziri Yuval Steynitsning BBCga aytishicha, bu borada qaror yaqin soatlarda qabul qilinadi. Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi HAMASning 80 ga yaqin terroristik ob‘ektlarini mo‘ljalga olganini bildirgan.

Ayni paytda AQSh Prezidenti Barak Obama Isroilni G‘azoga hujumlarini dastaklashini aytarkan, Isroil o‘z fuqarolarini raketa yomg‘iridan himoya qilishga haqli, deb ta‘kidlagan.

Rossiya va Tunis Isroilning harbiy amaliyotlari butunlay nomutanosibligini aytib, hujumlarni qoralashgan. Misr, Turkiya va Qatar tomonlarni otashkesimga kelishiga umid bildirishmoqda. Ayni paytda Qatarda uch davlat rahbarlari uchrashishgan. Biroq, Isroilning va uning hujumlariga javoban HAMASning bir-birlariga raketa otishlari to‘xtagani yo‘q.

Assosheyted Press agentligiga ko‘ra, Isroilning olti kundan buyon G‘azoda davom etayotgan harbiy amaliyotlari natijasida 90 dan ortiq falastinlik qurbon bo‘ldi, ulardan yarmi tinch fuqarolardir. 800ga yaqin kishi yaralangan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.