BBC navigation

Chelax mahkamada o‘z joniga qasd qilishga urindi

Сўнгги янгиланиш 21 ноябр 2012 - 11:36 GMT

Vladislav Chelax mahkamada o‘tirgan vaqti o‘z joniga qasd qilishga uringan.

Safdoshlarini o‘ldirishda ayblanib mahkamaga tortilgan Vladislav Chelax sud zalida tomirini kesishga harakat qilgan.

Politsiya tarqatgan xabarga ko‘ra, Chelax o‘ziga ajratilgan xonachada o‘tirarkan, pastga engashib tomirini kesishga uringan.

Mahkamani to‘g‘ridan to‘g‘ri tomosha qilib o‘tirgan jurnalistlarning ma‘lum qilishicha, bungacha advokat hakamga Chelax onasining telefon so‘zlashuvlari tinglanayotganidan shikoyat qilgan.

Ammo hakam Yerbol Axmetjanov advokatning shikoyatiga rad javobini beradi. Rad javobi yangrashi bilan alohida xonachada o‘tirgan Vladislav Chelax enkaygan va o‘ziga tan jarohati yetkazishga uringan.

Atrofda turgan nozirlar zudlik bilan Chelaxni ushlashgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tashqariga olib chiqqan.

Ayblanuvchi olib chiqayotganda zalda o‘tirgan jabrlanuvchilar, "haqiqatni aytib ket", - deya qichqirishgan.

Vladislav Chelax esa, bu kabi mahkama jarayonida ishtirok eta olmasligini va bu yerdan olib chiqishlarini so‘ragan.

Boshqa xonada unga ilk tibbiy yordam ko‘rsatilgan va Chelaxning sog‘lig‘i yaxshi ekanligi aytilmoqda.

Tanaffusdan keyin Vladislav Chelax sud zaliga kelmagan. U kameradan chiqmasligi borasida ariza bergan.

Murojaatda u ko‘rsatma berishdan bosh tortmasligini, ammo mahkamada uning ayblov isbotlari o‘rganilib bo‘linganidan keyingina chiqishini bildirdi.

Mahkama ayblanuvchisiz, ammo uning advokati Serik Sarsenov ishtirokida davom etadi.

Qozoq rasmiylariga ko‘ra, 31 may kuni Qozog‘iston bilan Xitoy chegarasida faqat yilning issiq oylarida o‘rnatiladigan vaqtinchalik "Arkankeren" chegara postida 14 chegarachi va bir o‘rmonchining kuyib ketgan jasadlari topilgan.

Prezident Nazarboyev yuz bergan hodisani terror amali deb atagan, mamlakatda bir kunlik motam e‘lon qilingan.

Qo‘lga olingan yagona tirik qolgan askar Vladislav Chelaxning xizmatdoshlarini o‘ldirganini tan olganini aytganlar Qozoq rasmiylari.

Qozog‘iston prokuraturasi 19 yoshli askarning xizmatdoshlarini o‘ldirgani iqrori yozib olingan videoni namoyish etgan.

Biroq askarning yaqinlari va advokati bu iqrorliklarni qiynoq va bosimlar ostida olinganini aytib kelishadi.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.