BBC navigation

Qozog‘istonda bir nechta mustaqil OAVning faoliyati to‘xtatilishi mumkin

Сўнгги янгиланиш 21 ноябр 2012 - 11:09 GMT

Olma ota prokuraturasi mahkamadan Qozog‘istondagi bir qator mustaqil matbuot va jamoat tashkilotlarini ekstremistik deb topib faoliyatini to‘xtatishni so‘radi.

Murojaatda "Respublika" va "Vzglyad" gazetasi va uning veb sahifalari, "K+" telekanali, "Stan TV" video portali hamda ularning web sahifalarining Qozog‘iston hududida faoliyati va tarqatilishini to‘xtatish haqida gap boradi.

Bu haqda Bosh prokuraturaning rasmiy vakili Nurdaulet Suindiqov ma‘lum qildi.

Bundan tashqari muxolif partiyasi va yana bir jamoatchilik tashkilotining ham faoliyati to‘xtalishi so‘ralgan.

"2012 yili 20 noyabr kuni Olma ota shahar prokuraturasi mahkamaga quyidagi ariza bilan murojaat qildi: ro‘yxatdan o‘tmagan jamoatchilik uyushmalari "Alg‘a" va "Xalq maydoni"ni ekstremistik tashkilot deb topilsin va Qozog‘iston hududida ularning faoliyatiga chek qo‘yilsin", - degan Bosh prokuratura vakili Nurdaulet Suindiqov.

Prokuratura ushbu murojaatga muxolifatdagi "Alg‘a" partiyasi lideri Vladimir Kozlov ustidan chiqarilgan mahkama qarori asos bo‘lganini bildirgan.

Mahkama "Alg‘a", va "Xalq maydoni" a‘zolari Janao‘zendagi namoyish o‘tkazgan neftchilar orasida tarqatgan varaqa va nashriyot mahsulotlari hamda chiqishlari ijtimoiy adovat qo‘zg‘ash va hukumatni kuch bilan bosib olishga qaratilganini aniqlagan.

Hukmnomada ko‘rsatilishicha, "K+" telekanali, "Stan-TV", "Respublika" internet portali, "Respublika ovozi" va "Vzglyad" gazetalardagi materaillarning mazmun mohiyati ijtimoiy adovatni qo‘zg‘ashga yo‘naltirilgan".

- "K+" telekanali ko‘rsatuvlari, "Vzglyad", "Respublika ovozi" gazetalaridagi maqolalar, "Respublika", "Stan-TV" internet portalidagi materiallar tahlil qilinganda hukumatni kuch bilan bosib olish va davlat xavfsizligiga tahdid solish kabi ma‘no borligi aniqlandi, - deyiladi Bosh prokuratura web sahifasiga qo‘yilgan xabarda.

Yuqorida nomi keltirilgan ommaviy axborot vositalari Qozog‘istonda hukumatga muxolif bo‘lgan nashrlar hisoblanadi.
Qozog‘istonda bo‘layotgan va davlatga qarashli matbuot chetlab o‘tadigan mavzular ushbu nashrlarda faol yoritilib kelinadi.

Janao‘zenda 7 oy davom etgan neftchilarning namoyishi ushbu media orqali faol yoritilgan.

Namoyishlar 2011 yilning 16 dekabr kuni ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgan va hukumat kuchlari maydonga yig‘ilganlarga nisbatan o‘q uzgan.

Natijada rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra 16 kishi halok bo‘lgan va 100dan ortiq odam tan jarohati olgan.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.