BBC navigation

Mumbay hujumchisi Qasab qatl etilgan

Сўнгги янгиланиш 21 ноябр 2012 - 15:04 GMT

Qasabning temir yo‘l shohbekatida sovuqqonlik bilan yo‘lovchilarni birma-bir o‘ldirishi xavfsizlik kameralariga yozib olingandi

Mumbayda 2008 yilda amalga oshirilgan hujumlarda omon qolgan yagona hujumchi Muhammad Ajmal Amir Qasab osish orqali qatl qilingan.

Pokistonlik hujumchi o‘z gunohidan kechishlarini so‘rab Hindiston prezidentiga yozgan maktubi oy boshida rad qilingandi.

Ichki Ishlar vazirligiga ko‘ra, u chorshanba kuni tongda Punedagi qamoqxonada osib o‘ldirilgan.

Mumbayning 60 soatlik ishg‘oli 2008 yil 26 noyabrda boshlangandi. Temir yo‘l stantsiyasi, hashamatli mehmonxonalar va yahudiy madaniy markaziga qilingan hujumlar 166 odamni nobud qilgan. To‘qqiz qurolli hujumchi ham o‘ldirilgan.

Qasab va uning sherigi temir yo‘l shohbekatida odamlarga o‘t ochib, 52 kishini o‘ldirishgandi.

U 2010 yil mayida qotillik va boshqa jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Oliy Mahkama avgust oyida unga chiqarilgan o‘lim jazosini o‘z kuchida qoldirgan.

Pokiston voizi o‘z hukumati har qanday terrorchilikni qoralashini bildirdi. Biroq, Mumbay hujumlari ortida turganlikda ayblangan Pokistonda amal qiluvchi man qilingan Lashkari Toyiba jangari guruhi Qasabni "qahramon" deya olqishlagan. Lashkari Toyibaning o‘z ismini oshkor etmagan voizi Reytersga "u boshqa jangchilarni ilhomlantirgan"ini aytgan.

Pokistondagi Tolibon esa Qasabning osib o‘ldirilishidan "larzaga kelgan"ini bildirgan. Bu haqida Tolibon voizi Ehsonulla Ehson Reytersga gapirgan.

Qasabning oxirgi kunlari borasida ma‘lumot juda oz edi, biroq uning himoyachisi Raju Ramachandran Qasab juda chuqur xavotirda bo‘lganini aytdi.

U osib o‘ldirilishidan qo‘rqib, advokatidan "Iltimos, meni qamoqdan chiqib olishimga yordam bering", deb so‘ragan.

Qasab 26 noyabrda Mumbayga dengiz orqali safar qilgan 10 kishilik o‘ta yaxshi qurollangan guruhning a‘zosi bo‘lgan.

Guruh turli nishonlarga hujum uyushtirish uchun bo‘lingan. Ularning Taj Mahal mehmonxonasi, Oberoy Trident mehmonxonasi va Yahudiy markaziga qarshi qilgan hujumlari ikki kundan oshiq davom etgan.

Xavfsizlik kameralari Qasab va uning sherigi Mumbaydagi eng odamlarga gavjum Chatrapati Shivaji Terminus vokzalida yo‘lovchilarga qarata o‘t ochayotganini namoyish qilgan.

Hindiston hujumda Lashkari Toyibani ayblashi ortidan Hindiston va Pokiston orasidagi munosabatlar keskin sovuqlashgandi.

Ilk raddiyalari ortidan Pokiston nihoyat hujum qisman o‘z hududida tayyorlangani va Qasab o‘z fuqarosi ekanini tan olgan. Buning ortidan munosabatlar asta-sekin iliqlashib kelgan.

Qasabning qatl etilishi 2004 yilda Hindistonning Kalkutta shahrida o‘smir qizni jinsiy zo‘rlab o‘ldirgan kishining osib o‘ldirilishidan beri ilk oliy jazo qo‘llanishi holi bo‘lmoqda.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.