BBC navigation

Isroil-G‘azo mojarosi: Tel-Avivda avtobus portlagan

Сўнгги янгиланиш 21 ноябр 2012 - 13:27 GMT

Hujum uchun mas‘uliyatni Hamas o‘z bo‘yniga oldi

Isroilning tijoriy markazi hisoblanmish Tel-Avivda avtobus portlashi oqibatida 10 odam jarohat olgan.

Isroil Bosh Vaziri Benyamin Netanyaxuning voizi Ofir Gendelman tvitterda ma‘lumot bera turib, harbiy qarorgohga yaqin yuz bergan portlash "terror amali" bo‘lganini aytgan.

Qutqaruvchilar portlashda jarohat olgan uch kishining ahvoli og‘ir ekanini bildirganlar.

Bu hodisa ortidan G‘azoda kuchli portlashlar eshitilgan, Isroil futbol stadionini nishonga olgan. Ayni damda falastinlik jangarilar Isroilga raketalar otishda davom etishgan.

Politsiya avtobusga bomba o‘rnatilganiga ishonadi va gumondorlarni qidira boshlagan.

Isroilning Haaretts gazetasi jarohatlanganlar Ichilov kasalxonasiga olib ketilayotganini xabar qildi.

G‘azo shahridagi ovoz kuchaytirgichlardan yangragan e‘londa portlash ortida Falastinning Hamas guruhi turgani aytildi.

Mahalliy radio hujum haqida xabarni eshittirar ekan, ba‘zilar osmonga o‘t ochib voqeani nishonlaganlar.

Hamas voizi Sami Abu Zuhri Reytersga Hamas Tel-Avivdagi hujumga "oq fotiha" bergani va uni "Isroil qirg‘iniga qarshi tabiiy javob" deb ko‘rishini aytgan.

Tel-Avivda oxirgi bomba hujumi 2006 aprelida yuz bergandi, unda hudkush hujumchi restoranda 11 kishini o‘ldirgan.

------------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.