BBC navigation

BBCga yangi rahbar tayinlandi

Сўнгги янгиланиш 22 ноябр 2012 - 13:33 GMT

Britaniya Radiokorporatsiyasi Bosh direktorligi lavozimiga Londondagi Qirollik Opera uyi boshqaruvchi rahbari Toni Holl tayinlangan.

Lord Toni Holl bundan oldin BBCda 28 yil ishlagan, 2001 yilgacha Yangiliklar xizmatini boshqargan.

BBC Bosh direktori Jorj Entvisl Britaniyada Newsnight tungi yangiliklar dasturining navbatdagi soni efirga uzatilishidan so‘ng yuzaga kelgan mojaro manzarasida iste‘fo bergandi.

2 noyabrda efirga uzatilgan Newsnight dasturi voyaga yetmaganlarning jinsiy tahqirlanishi mavzusiga bag‘ishlangan.

Unda iqtidordagi Konservativ partiyaning yuqori lavozimdagi siyosatchilaridan biri bolalarni jinsiy tahqirlashga aloqadlorligi iddao qilingandi.

Garchi siyosatchining nomi tilga olinmagan bo‘lsa ham, BBC keyinroq Lord Alister Makkelpayndan rasman kechirim so‘ragan.

Jorj Entvistl ortidan BBC yangiliklar xizmati direktori Helen Bouden va uning o‘rinbosari Stiv Mitchell o‘z vazifalaridan ketishgandi.

Bundan tashqari BBC musiqiy ko‘rsatuvlar boshlovchisi bo‘lib ishlagan marhum Jimmi Savilni jinsiy zo‘ravonliklarda ayblovchi hodisalar bilan bog‘liq bo‘hronlar ichida qolgan.

Politsiya Britaniya pop musiqasida ko‘p yillar davomida taniqli shaxslardan biri bo‘lgan Jimmi Savil 300ga yaqin jinsiy zo‘ravonlikka aloqador bo‘lishi mumkinligini aniqlagandi.

BBC Muassislar Kengashi raisi Lord Patten Toni Holl "BBCni mavjud inqirozdan olib chiqara oladigan maqbul shaxs" ekanini aytgan.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.