BBC navigation

Britaniya matbuotining Twitter dagi Gulnora Karimova suratlariga "nazari"

Сўнгги янгиланиш 23 ноябр 2012 - 16:05 GMT

Twitter mikroblog tarmog‘ida O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning yoga mashqlarini bajarayotgan vaqti tushirilgan suratlarini chop etishi ortidan qator britan ro‘znomalari bu haqda maqolalar chop etishdi.

"The Daily Telegraph" ro‘znomasidagi maqola "Diktatorning qizi yoga mashqlari bilan musulmonlarni g‘azabga soldi", deya nomlangan.

"U Markaziy Osiyoning eng shafqatsiz diktatorining qizi va o‘zi ham biznes, moda va musiqa olamida shafqatsiz yo‘rig‘i bilan tanilgandir", deya boshlanadi maqola.

"Hozir esa u yoga mashqlarini bajarayotgan vaqti olingan suratlarni ommaga taqdim qilib ko‘plarni hayratga soldi".

Maqolada aytilishicha, "Ozodlik" radiosi ba‘zi musulmonlarning Gulnora Karimovaning kiygan ust-boshi va yoga mashqlarini bajarayotgan vaqti turgan pozalarini nomaqbul ko‘rishlari haqidagi fikrlarini bergan.

Lekin Twitter dagi Karimova xonimning ko‘plab muxlsilari uning qayishqoqligi va tashqi ko‘rinishiga tasannolar bildirishgan.

"The Daily Telegraph" ning taxmin qilishicha o‘zining otaisdan qudratni qabul qilib olishga tayrlanayotgan Gulnora Karimova omma o‘ngida o‘z imijini yaxshilashga urinayotgan bo‘lishi mumkin.

Gulnora Karimovaning yoga mashqlari nazariga tushgan yana bir britan ro‘znomasi "Daily Mail" dir.

"Daily Mail" ning ham yozishicha, bu suratlarni chop etish bilan Gulnora Karimova o‘z imijini yaxshilamoqchi bo‘lgan, lekin natija aksincha bo‘lgan.

"Surtalar qarama-qarshi fikrlarni uyg‘otdi", deb yozadi ro‘znoma.

"Daily Mail" da chop etilgan maqola o‘quvchilarning qizg‘in bahsiga sabab bo‘lgan. Maqolaning Internetdagi nushasida o‘z fikrlarini qoldigan o‘quvchilardan ba‘zilari uning 40 yoshida shu kabi qayishqoq ekanligiga tasanno aytishgan bo‘lsa, boshqalari uni tanqid qilgani uchun endi ba‘zilar “yog‘da qovurilishlari” bilan ogohlantirilganlar.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.