BBC navigation

O‘zbekiston: yana 9 nafar dindor mahkum etildi

Сўнгги янгиланиш 23 ноябр 2012 - 15:05 GMT

Ayblanuvchilarning yaqinlari Prezident Karimovning Do‘rmondagi qarorgohi yaqinida norozilik namoyishi o‘tkazishgan

Toshkent viloyat mahkamasi Parkent tumanida yashab kelgan 9 nafar dindorlarni "noqonuniy diniy tashkilot tuzish" va "jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallarni tarqatish" ayblari bilan mahkum etgan.

Yangibozor tuman jinoiy ishlar bo‘yicha mahkamasida o‘tgan jarayonda hakam Mashrab Mirzayev ayblanuvchilardan ikki nafari- 41 yoshli G‘ayrat Husanov hamda 40 yoshli Shuhrat Yunusovlarga 7 yildan qamoq jazosi bergan, 33-40 yosh orasidagi qolgan 7 kishi esa 3 yildan shartli jazoga hukm qilingan.

Mustaqil Inson huquqlari tashabbus guruhi tarqatgan xabarda aytilishicha, ayblanuvchilar shu yil mayida noqonuniy ravishda hibsga olingan va tergov jarayonida qiynoqqa solinganlar.

Ularning uylarida o‘tkazilgan tintuv chog‘ida hech qanday taqiqlangan adabiyot topilmagan.

Mahkama jarayonini kuzatgan inson huquqlari faollariga ko‘ra, hakam sudlanuvchilarning iqrorlik ko‘rsatmasi olish maqsadida qiynoqqa solinganliklari haqida bergan ko‘rsatmalarini e‘tiborsiz qoldirgan.

Inson huquqlari tashabbus guruhining himoyachilardan iqtibos keltirishicha, jinoyat ishi butunlay to‘qib chiqarilgan.

Do‘rmondagi norozilik namoyishi

Yangibozor tumanida mahkamaga tortilganlarning yaqinlaridan bir guruhi shu yilning 9 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining Do‘rmondagi qarorgohi yaqinida norozilik namoyish o‘tkazishgan.

Prezident qarorgohi oldiga haqiqat talab qilib borgan Sherzod Husanov, Tojiboy Salimov va Payziboy Yunusovlar militsiya tomonidan hibsga olingan.

Ularga hamrohlik qilgan inson huquqlari faoli Yelena Urlayevaning Qibray tuman ichki ishlar idorasida do‘pposlangani xabar qilingan.

Norasmiy O‘zbekiston Mustaqil inson huquqlari himoyachilari alyansidan Shuhrat Rustamovning aytishicha, mahkamaga tortilganlar Islom va Qur‘onni o‘rgangan oddiy namozxonlar bo‘lishgan.

Unga ko‘ra, ular Parkent tumanida namozni o‘qishga bel bog‘laganlarni bir yerga yig‘ib, kitob, disklardan foydalanib, namoz va Qur‘on o‘qitishni boshlashgan.

Bundan xabr topgan militsiya xodimlari may oyida uyma-uy yurib, shubha ostidagilarni olib ketishgan.

Namozxonlar 15 sutkadan o‘tirib chiqqandan keyin uylariga ruxsat beriladi.

Biroq oradan bir-ikki hafta o‘tgandan so‘ng, yigitlarni yana olib borib, qamashadi.

Yaqinlarining ayblov tafsilotlarini so‘rab, qilgan murojaatlari javobsiz qoldirilgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.