BBC navigation

Xususiy mulkni xitoycha hurmat qilish qanaqa bo‘ladi?

Сўнгги янгиланиш 26 ноябр 2012 - 13:18 GMT

Ertaklarda aytilganidek, Lyu Baogen ertalab uyqudan ko‘zini ochdiyu, uyi katta avtotrassaning qoq o‘rtasida turganini ko‘rdi.

Bu ertak ham emas, Lyu Baogenning tushi ham emas.

67 yoshli Lyu Baogen va uning rafiqasi Xitoyning Chjetszyan viloyatidagi Shiyangjang qishlog‘ida istiqomat qilishadi.

Nafaqadagi keksa er-xotin o‘zlarining halol mehnatlari bilan 5 qavatli uy barpo etishgan edi.

Nima bo‘ldiyu, Shiyangjang rahbariyati bu yerdan yangi yo‘l o‘tkazishni xohlab qoldilar.

Avtotrassa tushadigan joyga uyi to‘g‘ri kelib qolganlarga ko‘chish buyurildi.

Shiyangjangning 1000 dan ortiq yashovchisi ko‘chirildi, lekin rahbariyat "o‘jar chol-kampir"ga duch kelib qolishdi.

бу ерга босинг Lyu Baogen uyi va yangi avtotrassa fotosuratlarini tomosha qiling

Lyu Baogen bilan uning oilasi hokimiyat o‘zlariga uylari uchun taklif qilgan tovon pulini kam deb oyoq tirab turib oldi.

"Men nima ham qila olaman. Hukumat ko‘mmoqchi bo‘lsa, meni shu yerga ko‘ma qolsin. Ular menga beradigan 260 ming yuanga(41700 AQSh dollari) men bunaqa uy qura olmayman", deydi Lyu Baogen.

Venling shahri atrofini kengaytirish, yangi temiryo‘l, mehmonxonalar qurish rejasini hukumat bir necha yil oldin e‘lon qilgan, janob Lyuning qo‘shnilari hali 2007 yilda ko‘chib ketishgan edi.

Rasmiylar kelib uyi buzilishi uchun tovon puli taklif qilishganida, Lyu Baogen endigina 600 ming yuan sarflab, yangi uyini qurib bitkazganini aytadi.

Hukumatdagilar ham xususiy mulkka xuddi G‘arb dunyosidagidek hurmat bilan munosabat ko‘rsatishdi, biroq o‘zlarining ulkan rejalaridan ham voz kechganlari yo‘q.

Yo‘l 24 noyabr kuni qurib bitkazildi, ammo hali qatnov uchun ochilgani yo‘q.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.