BBC navigation

BBC mehmoni - taniqli o‘zbek adibi Isajon Sultonga savol yo‘llang

Сўнгги янгиланиш 26 ноябр 2012 - 16:23 GMT

Yozuvchi Isajon Sulton Farg‘ona viloyati Rishton tumanining Avazboy qishlog‘ida tug‘ilgan.

Toshkent Davlat Universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti) jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Asarlari respublika matbuotida 1986 yildan buyon e‘lon qilinadi. Ilk qissasi - "Munojot" 1990-yilda "Cho‘lpon" nashriyotida nashr etilgan.

Shundan so‘ng adibning "Oydinbuloq" (G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, 1995) va "Boqiy darbadar" ("O‘zbekiston" nashriyoti, 2011) kitoblari chop qilingan.

Isajon Sultonning "Boqiy darbadar" romani 2010-yilning eng yaxshi romani deya e‘tirof etilgan.

2011-yilda nashr qilingan "Ozod" romani esa, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tanlovida nasr yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topilgan.

"Oydinbuloq" va "Suvdagi kosa" nomli hikoyalari O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasi nashriyoti tomonidan tuzilgan "XX asr o‘zbek hikoyasi antologiyasi"dan o‘rin olgan.

Yozuvchining qator asarlari ingliz, nemis, turk va rus tillariga tarjima qilingan.

2011 yil adibning "Qismat" hikoyasi AQShning AQShning Chikago shahrida o‘tkazilgan xalqaro adabiy konkursda g‘olib deb topilgan.

Hind mutafakkiri Javoharla‘l Neruning "Hindiston" asarining Boburga bag‘ishlangan qismini, yapon adiblari Ryunoske Akutagava va Yasunari Kavabata, turk adibi Umar Sayfiddin hikoyalarini o‘zbek tiliga o‘girgan.

1997 yildan buyon O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi.

Taniqli o‘zbek yozuvchisi Isajon Sultonga savollaringizni quyidagi forma orqali bbcuzbek.com ga yo‘llang.

Keyingi mehmonlarimiz kim bo‘lishini istaysiz? Fikru mulohazalaringizni kutib qolamiz.


---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.