BBC navigation

"Sekond-hend" tojikchada qanday bo‘ladi va yo "Bistro"-chi?

Сўнгги янгиланиш 27 ноябр 2012 - 15:53 GMT

Ruscha va boshqa xorijiy tillardagi atamalarning tarjimasi bilan maxsus hay‘atlar shug‘ullanadi

Tojikiston poytaxti Dushanbeda shu yil oxiriga qadar barcha reklama, do‘kon, go‘zallik salonlari va ovqatlanish maskanlarining nomlari sof tojikchaga o‘giriladi.

Ruscha va boshqa xorijiy tillardagi atamalarning tarjimasi bilan maxsus hay‘atlar shug‘ullanadi.

Yangilik dunyoga dong‘i ketgan brendlarga taalluqli bo‘lmaydi.

Ammo, Tojikistondagi muxbirimiz Anora Sarkorovaning xabar berishicha, ularning reklamalari davlat tilida bo‘lishi taqozo etiladi.

Hali qaror kuchga kirmasdan turiboq, uning anchagina boshog‘riqlarga sabab bo‘lishi hozirdanoq ayon.

Deylik, birgina "mebel" so‘zini oling. Uning tojikchada muqobili yo‘q. "Jihoz baroi xona", ya‘ni "Uy jihozlari", deb tarjima etishingizga to‘g‘ri keladi.

Yoki "Sekond hend"....Tojikchaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilsangiz, "Dasti duyum", ya‘ni "Ikkinchi qo‘l" bo‘ladi.

"Bistro"-chi? Uni hozir "Tezpaz", deb tarjima qilishga o‘tishgan. Ammo to‘qima so‘z emasmi, uncha-muncha odam ma‘nisini birdan ilg‘ay olmasligi tayin.

Sho‘rochasidan tojikchasiga...

So‘nggi yillarda Tojikistonda ko‘cha, maydon va tumanlarning nomlarini o‘zgartirish keng tus olgan.

Sho‘ro davridagi partiya rahbarlari, taniqli inqilobchilar, yozuvchi va shoirlarning nomlari olib tashlanib, ularga Tojikistonda mashhur tarixiy shaxslar va jamoat arboblarining ismlari berilmoqda.

Mas‘ullarning ta‘kidlashlaricha, ushbu jarayonda milliy, zaboniy va davlat manfaatlari to‘liq inobatga olinishi shart.

Tojik tili, bir necha yildirki, Tojikistonda yagona davlat tili maqomiga ega. Ammo, shunga qaramay, poytaxt Dushanbeda hanuz rus tilidagi reklama e‘lonlari tiqilib ketgan.

Endi esa, shahar hokimiyati vakillarining aytishlaricha, barcha reklamalar davlat tilida bo‘lishi shart.

Ammo "ixtiyoriy"

Mahalliy tahlilchilarning aytishlaricha, xususiy inshootlar sohiblarini davlat tilining maqomidan ko‘ra, bozordagi vaziyat ko‘proq qiziqtiradi

Dushanbe shahar hokimiyatining qarori tavsiyaviy mazmunda. Chunki bu xususda maxsus qonun yo‘q.

Ammo, hokimiyat vakillarining aytishlaricha, jarayon davlat tili to‘g‘risidagi qonunga muvofiq amalga oshiriladi.

Mas‘ullarga ko‘ra, ko‘zda tutilayotgan inshootlarning egalari shu yil yakuniga qadar ularning nomlarini o‘z ixtiyorlari bilan o‘zgatirishlari yoki tojikchaga o‘girishlari lozim.

Biroq ulardan ayrimlari bir necha o‘n yildan buyon faoliyatda va Tojikistondan tashqarida ham hozirgi nomlarida tanilib ulgurishgan.

Mahalliy tahlilchilarning aytishlaricha, xususiy inshootlar sohiblarini davlat tilining maqomidan ko‘ra, bozordagi vaziyat ko‘proq qiziqtiradi.

Lekin, shunda ham, ularning shahar hokimiyati qarori yuzasidan mahkamaga murojaat etish ehtimollari haqiqatdan ancha yiroq.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.