BBC navigation

Dunyoning eng qudratli musulmoni kim?

Сўнгги янгиланиш 27 ноябр 2012 - 13:43 GMT

Saudiya Arabistoni podshohi Abdulla bin Abdulaziz ketma-ket ikkinchi yildirki dunyoning eng qudratli musulmoni, deb topilgan

Ikki sharafli haram xodimi Saudiya Arabistoni podshohi Abdulla bin Abdulaziz ketma-ket ikkinchi yildirki dunyoning eng qudratli musulmoni, deb topilgan.

"Dunyoning eng qudratli 500 musulmoni" ro‘yxati Ummonda joylashgan Qirollik Islomiy Strategik Tadqiqotlar markazi tomonidan e‘lon qilingan.

Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdo‘g‘on egallagan.

Dunyoning uchinchi eng qudratli musulmoni bo‘lib bu yil Marokash podshohi Muhammad VI bo‘lib chiqqan.

Yuqori to‘rtlikni esa, Misrdagi "Musulmon birodarligi" harakati ruhoniy lideri Muhammad Bediya yakunlagan.

Ayni o‘rinda shuni alohida ta‘kidlash joizki, Muhammad Bediya hazratlari bu yil ilk bor mazkur ro‘yxatga tushgan.

Ushbu ro‘yxat 2009 yildan buyon Amerikaning George Town universiteti qoshidagi Shahzoda Al-Valid bin Talal markazi bilan hamkorlikda chop etib kelinadi.

Bundan maqsad esa, dunyoda kechayotgan voqea-hodisalarning Islom olami, musulmonlarning bugungi dunyoga ta‘siri va odamlarning Islom dinini yaxshiroq anglashlariga ko‘mak berishdir.

"Ular - musulmonlar, ularning e‘tiqodlari, g‘oyalari va ishonchlariga bevosita ta‘siri qiluvchi diniy ulamo yoki odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvollarini o‘nglashga xizmat qilgan davlat rahbari bo‘lishi mumkin", deydi ushbu kitob muharriri Abdulla Shlayfer.

Yuqori o‘ntalik

Dunyoning eng qudratli ellikta musulmoni ro‘yxatiga kirgan ayollar esa, faqat Iordaniya Qirolichasi Raniya al-Abdulloh va Qatar jamg‘armasi rahbari Sheyxa Moza bint Nosir al-Misned hazrati oliyalari bo‘lishgan, xolos

Ayni o‘rinda shuni alohida ta‘kidlash joizki, ro‘yxatda yuqori o‘nlikning barchasini siyosiy va diniy rahbarlar egallashgan.

Ularning orasida Qatar amiri, Eron Oliy ruhoniy rahbari, Iordaniya podshohi, "Al-Azhar" universiteti buyuk shayxi va masjidining buyuk imomi, Indoneziya prezidenti va Turkiyadagi "Nurchilar" oqimi rahbari Fathulla Gulen bor.

Misr yangi prezidenti Muhammad Mursiy esa, ro‘yxatda 11-o‘rin bilan kifoyalanishga majbur bo‘lgan.

Alohida kitob holida chop etiluvchi ro‘yxatda eng avvalo dunyoning ellikta qudratli musulmoni ism-sharifi keltiriladi.

Ammo, bu yilgi ro‘yxatga qaralsa, ularning orasida biror bir sobiq Sho‘ro davlati vakili yo‘q.

Dunyoning eng qudratli ellikta musulmoni ro‘yxatiga kirgan ayollar esa, faqat Iordaniya Qirolichasi Raniya al-Abdulloh va Qatar jamg‘armasi rahbari Sheyxa Moza bint Nosir al-Misned hazrati oliyalari bo‘lishgan, xolos.

Qolgan qudratlilar

Qolgan Markaziy Osiyo davlatlari orasidan esa, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhammedovlar bu yilgi ro‘yxatga tushishgan

Keyin esa, jahonda katta obro‘ga ega bo‘lgan 450 ta musulmon 15 ta tasnif bo‘yicha aniqlab olinadi. Ammo ularga o‘rin berilmaydi.

Ya‘ni musulmon liderlari yoki ulamolarining siyosatdan tortib din, matbuotdan tortib, san‘at, ilm-fan va taraqqiyotga qo‘shgan hissalari inobatga olinadi.

"Dunyoning eng qudratli 500 musulmoni" ro‘yxatida O‘zbekistonni mamlakat Bosh muftiysi Usmon Alimov namoyon etgan.

Kitobda keltirilgan izohga qaralsa, 2007 yilda UNESCO tomonidan poytaxt Toshkentning "Islomiy madaniyat markazi", deb topilishida qo‘shgan hissasi uchun janob Alimov ushbu sharafga loyiq ko‘rilgan.

Qolgan Markaziy Osiyo davlatlari orasidan esa, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhammedovlar bu yilgi ro‘yxatga tushishgan.

Sobiq Sho‘ro davlatlarini Ozarbayjon prezidenti, bosh muftiysi, yana bir yosh bir ulamosi va taniqli hofizi Olim Qosimov, Rossiya Bosh muftiysi, Sankt-Peterburg masjidi imomi, Checheniston va Tatariston prezidentlari namoyon etishgan.

Eng e‘tiborlisi shuki, Afg‘oniston Prezidenti Homid Karzaydan tashqari, "Haqqoniy" jangari guruhi rahbarlaridan Sirojiddin Haqqoniy, "Hizbi Islomiy" guruhi lideri Gulbiddin Hikmatyor, Tolibon harakati rahbari Mulla Umar va o‘zining ashaddiy tanqidchiligi bilan tanilgan sobiq parlament vakili Malalay Joya ham "Dunyoning eng qudratli 500 musulmoni" ro‘yxatiga tushishgan.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.



* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.