BBC navigation

Falastinning sobiq rahbari Yosir Arofatning eksgumatsiyasi o‘tkaziladi

Сўнгги янгиланиш 27 ноябр 2012 - 11:56 GMT

Arofatning eksgumatsiyasi uchun Shvetsariya, Frantsiya va Rossiyalik mutaxassislar yetib kelishgan.

Yosir Arofat jasadining qoldiqlarini tekshirish seshanba kuni Iordaniyaning g‘arbiy qirg‘og‘idagi Ramallada o‘tkazilishi kutilmoqda.

Shvetsariya, Frantsiya va Rossiyalik mutaxassislar marhumning suyaklaridan namunalar olib, uning o‘limiga poloniya-210 radioaktiv moddasi sabab bo‘lgan yoki yo‘qligiga aniqlik kiritishadi.

Yosir Arofat 2004 yil Parijda qisqa muddatli kasallikdan so‘ng vafot etib, o‘limiga nima sabab bo‘lgani aniqlanmay qolgan edi.

Arofatning xotini Saxa eri vafotidan so‘ng uning jasadi tekshirilishiga ko‘nmagan. Keyinroq uning o‘zi Falastin hukumatiga murojaat qilib haqiqatni ochishni so‘raydi.

Arofatning o‘limi yuzasidan tekshiruv avgust oyida Frantsiyada boshlangan.

Tekshiruvga sabab "Al-Jazira" telekanali jurnalisti tayyorlagan hujjatli film bo‘lib, unda Afrofatning kiyimidan poloniy-210 moddasi izlari topilgani aytiladi.

Ko‘pchilik falastinliklar Yosir Arofat o‘limiga Isroil maxfiy xizmatlarining qo‘li borligiga ishonishadi. Isroil hukumati bu ayblovni rad qilib keladi.

Arofatning o‘limiga insult sabab bo‘lgan deya tashxis qo‘yilgan.

Falastin hukumati vakilining Associated Press agentligiga aytishicha, Arofatning jasadi qoldiqlari namuna olish uchun mavzoleydan masjidga olib borilgan.

BBC muxbiriga ko‘ra, Falastin muxtoriyati hukumati Frantsiya va Shvetsariya mutaxassislariga to‘liq ishonmaganligi sababli tekshiruvda rossiyalik soha vakillari ham qatnashishini so‘rashgan.

Tekshiruvlar bir necha oy davom etishi aytiladi.

Yosir Arofatning jasadi qoldiqlarini qaytib ko‘mish marosimi barcha harbiy tartib qoidalari bilan seshanba kuni kechga yaqin o‘tqazilishi kutilmoqda.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.