BBC navigation

AI: "Turkmanistondagi siyosiy mahbuslar haqida ma‘lumot oshkor etilsin"

Сўнгги янгиланиш 28 ноябр 2012 - 13:21 GMT

2002 yil umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganidan beri Boris Sheyxmuradov haqida hech nima ma‘lum emas.

Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti Amnesty International Turkmaniston Prezidenti joniga suiqasdda ayblanib o‘n yil avval qamoqqa tashlangan taniqli siyosiy mahbuslar borasidagi ma‘lumotlarni oshkor qilishga da‘vat qildi.

2002 yil dekabr oyida o‘sha vaqtdagi prezident Saparmurod Niyozov joniga qarshi suiqasd urinishida ayblangan mamlakatning ikki sobiq vaziri doxil qator insonlar qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Huquq tashkilotlariga ko‘ra, ular ustidan bo‘lib o‘tgan mahkama odil bo‘lmagan. Mahbuslar qamoqqa tashlanganidan beri ularning yaqinlariga biron ma‘lumot berilmagan.

2002 yil noyabr oyida prezident Saparmurod Niyozov tushgan mashinalar karvoniga hujum qilingandi. Lekin Prezident hujumdan omon qoldi.

Hodisaga aloqador ko‘rilgan 50 dan ortiq shaxs mahkamaga tortilib, ularning aksariga Prezident joniga suiqasd ayblovi qo‘yildi.

Ayblanganlardan ikkisi sobiq Tashqi Ishlar vaziri edilar. Botir Berdiyev va Boris Shayxmurodov.

Boris Sheyxmurodovning ukasi doxil ularning uchchoviga 17 yildan umrbod qamoq jazosiga qadar hukmlar chiqarilgandi.

Amnesty International ning aytishicha, Qizil Xoch tashkiloti doxil qator xalqaro tashkilotlarga ushbu siyosiy mahbuslarni borib ko‘rish yoda ular haqida ma‘lumot olishga ruxsat berilmayapti.

Mahbuslarning yaqinlari ham ular haqida hech narsa bilishmaydi va biron marotaba uchrashuvga ruxsat berilmagan.

Amnesty International ning aytishicha, tashkilotning sakkiz mahbus qamoqda olamdan o‘tgani borasidagi habarlarni tasdiqlash so‘roviga javob berishdan ham turkman rasmiylari bosh tortganlar.

Amnesty International ga ko‘ra, bu holat insonlarning bedarak ketishlari bilan barobardir. Tashkilot rasmiylarni hech bo‘lmasa mahbuslar haqidagi ma‘lumotalarni mahfiy tutmaslikka da‘vat qilgan.

Lekin inson huquqlari vaziyati o‘ta abgor bo‘lgan mamlakatda bu borada ilgari siljishni kutish amri maholdir.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.