BBC navigation

O‘zbekiston: "Fond Forum" qudrat markaziga aylanmoqdami?

Сўнгги янгиланиш 28 ноябр 2012 - 16:17 GMT

Ўзбекистон: "Фонд Форум" қудрат марказига айланмоқдами?

Гулнора Каримова раҳбарлигидаги жамғармалар Ўзбекистоннинг давлат тизимларидан ҳам қудратлироқ бўлиб бормоқдами? Би-би-си айни савол билан Ўзбекистондан ҳуқуқ фаоли Дилором Исҳоқова ва Қўшма Штатлардан собиқ дипломат Тошпўлат Йўлдошевни суҳбатга чорлади.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova yetakchiligidagi "Fond Forum" qoshida sanoqsiz nodavlat tashkilotlari tashkil etilgan.

Rasmiy nomi "O‘zbekiston madaniyati va san‘ati forumi" bo‘lgan, xalq orasida "Fond Forum" nomi bilan tanilgan ushbu nodavlat jamg‘armasi 2004 yilning fevralida tashkil topgan.

Jamg‘arma faollari uning "mahalliy ilm-fan, madaniyat, maorif va sportni qo‘llab-quvvatlash uchun birlashgan fuqarolar va jamoat tashkilotlarining ixtiyoriy o‘z-o‘zini boshqaruvchi ochiq nodavlat birlashmasi" ekanini aytishadi.

Ularga ko‘ra, bugungi kunda jamg‘armaning Pekin, Moskva, Tokio, Parij, Vena, Madrid, Nyu-York, Berlin, Jeneva va Londonda bo‘linmalari bor.

"Buyuk Britaniya, Ispaniya, Belgiya, Bolgariya, Misr, Lyuksemburg va boshqa mamlakatlardagi hamkorlar bilan madaniy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan", - deyiladi "Fond Forum" rasmiy web sahifasida.

Xo‘sh, Gulnora Karimova rahbarligidagi jamg‘armalar O‘zbekistonning davlat tizimlaridan ham qudratliroq bo‘lib bormoqdami?

BBC va boshqa savollar bilan O‘zbekistondan inson huquqlari himoyachisi, muxolifat faoli Dilorom Ishoqova va Qo‘shma Shtatlardan sobiq diplomat Toshpo‘lat Yo‘ldoshevni suhbatga chorladi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.