BBC navigation

Damashqdagi portlashlarda kamida 34 kishi halok bo‘ldi

Сўнгги янгиланиш 28 ноябр 2012 - 13:08 GMT

Suriya poytaxti Damashqning janubi-sharqiy qismida yuz bergan ikki portlash oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘lgan.

Suriya davlat matbuotining xabar berishicha, ikki mashinaga o‘rnatilgan bomba portlashi ortida "terrorchilar" turishibdi.

Damashqdagi BBC muxbirining xabar berishicha, chorshanba kuni ertalab portlash yuz bergan Jaramana mavzesida hukumat kuchlari va isyonchilar o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar yuz bergan edi.

Ba‘zi xabarlarga ko‘ra, bugungi erta soat 6 lardan yuz bergan kuchli portlashdan tashqari qator boshqa portlashlar ham yuz bergan.

Jaramana asosan nasroniy va druzlar istiqomat qiluvchi mavzedir.

Portlashlarda masu‘liyatni hech qaysi guruh hozircha o‘z bo‘yniga olmadi.

Umuman oxirgi kunlarda Damashq atrofidagi mavzelarda qurolli to‘qnashuvlar sur‘ati kuchaygan.

Chorshanba kuni hukumat harbiy uchoqlari Damashq ostonasidagi Daraya mavzesida isyonchilar nuqtalarini hujumga tutgan.

Hukumat kuchlari shuningdek, mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Zabadani shaharchasiga ham hujum qilganlar.

Suriya Inqilobi Bosh Komissiyasi nomi ostidagi faollar tashkilotining xabar berishicha, 30 daqiqa mobaynida shaharga 50 ka yaqin raketa otilgan. Hujumlar oqibatida qator kishilar jarohatlangan.

Yana boshqa bir faollar tashkilotining xabar berishicha, 27 noyabr kuni Damashq va uning atrofidagi hujumlarda kamida 48 kishi halok bo‘lgan, mamlakat bo‘ylab esa qurbonlar soni kecha 131 kishi edi.

Shuningdek, faollar xabarlariga ko‘ra, Ozod Suriya Armiyasi askarlari Damashq janubida joylashgan Saida Zaynab havo bazasi ustidan nazoratni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lganlar.

Faollarning aytishlaricha, prezident Bashar al-Assad hukumatiga qarshi 2011 yil mart oyida boshlangan keng miqyosli noroziliklar mobaynida shu vaqtgacha 40 mingga yaqin inson halok bo‘lgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.