BBC navigation

Qurollilar saltanatiga sayohat

Сўнгги янгиланиш 29 ноябр 2012 - 16:55 GMT
  • Afg‘onistonda ko‘plab mintaqalar qurolli guruhlar hamda qo‘mondonlar boshqaruvi ostida qolmoqda. Xalqaro hamjamiyat va Afg‘oniston hukumati bu guruhlarga qonuniy maqom, moddiy yordam berib, ularni aksiltolib kuchlariga aylantirayotir.
  • Ko‘plab ovloq hududlarida esa odamlar qurolli guruhlar va qo‘mondonlardan qo‘rqib, ularning zug‘umi ostida yashashga majbur. Ammo qonun zaif hududlarda qurollilar oddiy insonlarning moli va joniga daxl qilayotgani haqida xabarlar ko‘p.
  • Taxorning ayrim mintaqalarida qudratli qo‘mondonlar daryolarni burib, elektr ishlab chiqarishmoqda. Pastda yashovchi dehqonlar esa suvsiz qolishgan. Lekin hech kim qudratli shaxslarga qarshi borib, oddiy dehqonlarga yordam bera olmaydi.
  • Taxorlik qo‘mondon Malik Tatar sobiq SSSR va Eronda ishlab chiqilgan qurollarini qanday ishlatishni ko‘rsatadi. Suhbatdoshim o‘z jamoasi va mintaqasini Tolibondan himoya qilish uchun askar to‘plab, qo‘liga qayta qurol olganini aytadi.
  • Qo‘mondon mahalliy o‘zbeklar o‘z istaklari bilan bolalarini unga askarlikka berishganini aytadi. Ish topib bo‘lmaydigan va qonun zaif mintaqada ko‘plab o‘spirinlar uchun qo‘mondonlarga askar bo‘lish jozibador ko‘rinishi mumkin.
  • Qator shahar-qishloqlarga hali markaziy hukumat yetib kelmagan. Amudaryoga yaqin mana bu tumanda tujjorlardan soliqni davlat emas, balki qo‘mondonlar yig‘ib olishadi.
  • Mana bu otaxonning yer-zamini hali 30 yil ilgari tortib olingan. U shikoyat qilmagan joy qolmagan hisob, lekin qudratli shaxslar qo‘lidan mulkini qaytarib ololmaydi. Hyuman Rayts Uotch xalqaro inson huquqlari tashkilotiga ko‘ra, qo‘mondonlar dehqonlar qo‘lidan yer-zaminlarini tortib olayotgan holatlar ko‘p.
  • Kobullik faol Vido Ahmad qurolli qo‘mondonlar qo‘lida aziyat chekkanlarga yordam berishga intiladi. Ko‘plab jabrdiydalar poytaxtga qochib kelishsa-da, baribir, hukumatda yaxshi rishtalarga ega qo‘mondonlar ustidan shikoyat qilishga botina olishmaydi.
  • Kobuldagi Xarobot mahallasini 1990-yillari mujohid qqo‘mondonlar vayron etishgan. Ko‘plab afg‘onlarning qo‘rqishicha, NATO chiqib ketgach, aksiltolib kuchlariga aylangan bu qo‘mondonlar yana urushga kirishishlari mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.