BBC navigation

"Twitter" da Gulnora Karimova va "boshqa"lar bilan dahanaki jang

Сўнгги янгиланиш 29 ноябр 2012 - 17:03 GMT

"Twitter" mikroblog tarmog‘ida O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnoar Karimova chop etgan suratlarga foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan ba‘zi izohlar ortidan haqiqiy "dahanaki jang" boshlanib ketdi.

Gulnora Karimova albomlarini tayyorlashda ishtirok etayotgan bir yigitni foydalanuvchilardan biri "sovet kishisi"ga o‘xshatgan.

Aytilishicha, "Twitter"dagi Gulnora Karimova qo‘llovchilari bu izohni noto‘g‘ri talqin qilib, "irqchi" deya baholashgan.

Bu kabi "fikr almashinuvi"dan xabar topgan Gulnoar Karimova bularning hammasini "re-twit" qilib, o‘z fikrlarini izhor etgan Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassilar, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti Human Rights Watch ga qarshi izhorotlar bilan to‘ldirgan.

Masalan izohlardan birida Gulnora Karimova, "bu Markaziy Osiyolik mutaxassilar va insonparvarlar hammasi bir onadan tug‘ilganga o‘xshaydi", deya xitob qilgan.

Gulnora Karimovaning yoga mashqlari vaqti tushirilgan rasmlariga fikr bildirganlarga esa u "katta orqani kichaytirish uchun bu kabi mashqlar bilan shug‘ullanish"ni maslahat bergan.

Keyinchalik bu aytishuvlarga Gulnora Karimovaning deyarli 19 mingga yaqin "Twitter" dagi tarafdorlaridan ba‘zilari ham qo‘shilganlar.

Ushbu ta‘bir joiz bo‘lsa "aytishuvda" qatnashgan Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha mutaxassic Sara Kendziorning BBC bilan suhbatda aytishicha, uni xayratga solgan narsa Gulnora Karimova bir paytlar elchi bo‘lgani va o‘zini nafis inson sifatida taqdim etayotganiga qarmay, "Twitter" da juda bachkana ravishda izhorotlar yozgan.

"Shuncha yuqori maqomga erishgan va shuncha hokimiyatni o‘z quliga jamlagan odamdan bunday nomaqbul iboralarni kutmaysiz, deb uylayman", dedi Sara Kendzior.

"Uning yoshi qirqqa borib qolgan, u ikka farzandning onasi, o‘z muxlislariga u o‘zini mexribon inson sifatida namoyon etadi va uylaymanki "intsest" kabi qupol ayblovlarni ishga solish bilan bu hislatlarni uyg‘unlashtirish qiyin. Bundan tashqari, men chin dilimdan irqchilik borasidagi ayblovlardan xayronman. Men O‘zbek xalqini va madaniyatini juda ham hurmat qilaman. Shuning uchun Gulnorani yoqtirmaganimning sabablaridan biri, u o‘z maqomidan foydalanib o‘zbeklar uchun imkoniyatlarni yaratishga katta hissa qo‘shishdan ko‘ra, faqat o‘zini reklama qilishi bilan ovora", dedi BBC bilan suhbatda Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha mutaxassis Sara Kendzior.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.