BBC navigation

Qozog‘istonda bedarak ketgan tikuchar qoldiqlari topildi

Сўнгги янгиланиш 29 ноябр 2012 - 13:26 GMT

Qozog‘iston Favqulloda Vaziyatlar Vazirligining xabar berishicha, 24 noyabr kuni bedarak ketgan tikuchar Olako‘l ko‘li yaqinida topilgan.

Vazirlikka ko‘ra, Mi-8 rususmidagi tikuchar qulab tushib, vayron bo‘lgan va faqatgina dum qismi omon qolgan.

Tikucharda 8 kishi bor edi. Hozircha faqatgina ulardan 2 kishining jasadi topilgan.

Hodisa yuzasidan tekshiruv jarayoni boshlangan.

Xabarlarga ko‘ra, fuqaro parvozini bajarayotgan tikuchar 24 noyabr kuni ko‘kka ko‘tarilganidan beri aloqaga chiqamagan.

O‘shandan beri tikucharlar, yuzga yaqin qidiruvchi va maxsus texnika yordamida qidiruv ishlari yo‘lga qo‘yilgandi.

Halokat sabablarini aniqlash va qolgan yo‘lovchilarni qidirish ishlari davom etmoqda.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.