BBC navigation

Toshkent va Andijonda SPIDni yuqtirganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi

Сўнгги янгиланиш 29 ноябр 2012 - 13:50 GMT

Dunyo bo‘ylab yiliga taxminan 1,7 million odam orttirilgan immun tanqisligi balosidan vafot etmoqda

O‘zbekistonda oxirgi 10 oyda olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, OITS(SPID) virusini yuqtirgan 3367 kishi ro‘yxatga olingan.

Ularning aksariyati Toshkent va Andijon viloyatlarida qayd etilgan.

Hisobotlar ko‘rsatishicha, OITSni yuqtirgan erkaklar soni virusni yuqtirgan ayollarnikidan ko‘proq ekan. O‘zbekistonda kasallik bilan zararlanganlarning 52,5 foizi erkak va 47,5 foizi ayol ekani aniqlangan.

Keyingi paytlarda chetga chiqib ishlab qaytayotgan mehnat muhojirlari orasida 243 kishi OITS ni yuqtirib qaytgan. Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori Nurmat Otabekov bemorlarning 50 foizi kasallikni jinsiy yo‘l bilan yuqtirganini aytadi.

Nurmat Otabekovga ko‘ra, O‘zbekistonda bu kasallik 1987 yil birinchi bor qayd etilgan.

2009 yil OITS bilan og‘riganlar soni 4006 taga yetgan. Biroq 2010 va 2011 yillarda bu raqamlar 3795 dan 3584ga qadar kamaygani kuzatiladi.

Ayni paytda O‘zbekistonda orttirilgan immun tanqisligiga qarshi kurash keng yo‘lga qo‘yilgani aytib kelinadi. 2009 yilda joriy qilingan tartibga binoan, oila qurishni xohlagan yoshlar avvalo shifokor tekshiruvidan o‘tishlari kerak.

Bunday tekshiruvlar natijasida 97 foiz yoshlar orasidan 108 nafarida kasallik belgilari aniqlangan. Shuningdek, 291 homilador ayolda immun tanqisligi kasalligi topilgani xavotirli holdir.

2011 yil oxirigacha olingan hisobotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 34 million kishi OITS kasalligiga yo‘liqqan. 2011 yilning o‘zida esa 2,5 million kishi ro‘yxatga olinadi.

Ma‘lumotlar ko‘rsatishicha, yiliga taxminan 1,7 million odam orttirilgan immun tanqisligi balosidan vafot etadi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.