BBC navigation

"Ruslan Chagayev - Yoqub Sog‘lom janggi bo‘lmaydi"

Сўнгги янгиланиш 30 ноябр 2012 - 16:51 GMT

O‘zbekistonlik bokschi qator janglar o‘tkazish bilan WBA tasnifida o‘z reytingini yaxshilab, kelasi yil kuz oylarida yana jahon chempionligi kamari uchun ringga tushmoqchi

Sturm Box-Promotion olmon klubining ma‘lum qilishicha, professional boksning WBA tasnifida eng og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev shaxsiy sabablar tufayli 1 dekabr kuniga rejalangan jangiga kelolmasligini aytgan. Ammo boshqa hech qanday izoh bermagan.

O‘zbekistonlik dongdor bokschining qit‘alararo chempionlik kamari uchun olmoniyalik yangi raqibi Yoqub Sog‘lomga qarshi ringga tushishi kutilayotgandi.

Bu haqda chorshanba kuni BBC O‘zbek Xizmatiga Dyusseldorfdagi boks kechasiga bosh-qoshlik qilayotgan Sturm Box-Promotion olmon klubi vakili ma‘lum qilgandi.

Dastlab Ruslan Chagayevning kubalik bokschi Mayk Peres bilan jang o‘tkazishi rejalangan, ammo shu dam olish kunlarida uning yelkasidan jarohat olgani ma‘lum bo‘lgandi.

Sturm Box-Promotion klubining bugun BBC O‘zbek Xizmatiga bildirishicha, Ruslanning raddiyasi ortidan, ushbu boks kechasi doirasida ertaga - shanba kuniga rejalangan janggi bo‘lmaydi.

Ruslan Chagayev esa, kubalik raqibiga qarshi jang olib borish uchun bir necha oydan buyon Amerikaning Detroyt shahrida tayyorgarlik ko‘rayotgandi.

Ruslan Chagayev

Bu - 34 yoshli Ruslan Chagayevning o‘tgan yil avgust oyida jahon chempionligi kamarini rossiyalik raqibi Aleksandr Povetkinga yutqazib qo‘yishi ortidan o‘tkazishi kutilayotgan to‘rtinchi janggi edi.

Ruslan shu yil hisobidan o‘tkazgan har uch reyting janggidan barchasida g‘alaba qozongan.

O‘zbekistonlik bokschi qator janglar o‘tkazish bilan WBA tasnifida o‘z reytingini yaxshilab, kelasi yil kuz oylarida yana jahon chempionligi kamari uchun ringga tushmoqchi.

Ruslan shu yil avgust oyida Olmoniyaning o‘zi qariyb 10 yildan buyon shug‘ullanib kelgan Universum Box-Promotion klubi bilan shartnomasini buzgan va oxirgi jangini ham erkin agent maqomida o‘tkazgandi.

Ruslan Chagayev professional boksda shu paytga qadar ja‘mi 33 ta jang o‘tkazgan, shundan 30 tasida g‘olib chiqqan, ikkitasida mag‘lub bo‘lgan va bittasini durang hisobi bilan yakunlagan.

Ruslan 2007 yilning 14 aprel kuni boshqa bir rossiyalik raqibi Nikolay Valuyevni yengib, ilk bor professional boksning WBA yo‘nalishi bo‘yicha eng og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni bo‘lgandi.

Shundan so‘ng o‘z kamarini bir necha bor muvaffaqiyatli himoya qilgan Ruslan Chagayev 2009 yilning iyun oyida WBO va IBF tasnifi bo‘yicha eng og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni, ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoga yengilib, chempionlik unvonidan butkul mahrum bo‘lgandi.

Agar shu yilning iyul oyi ma‘lumotlariga qaralsa, so‘nggi jangiga qadar Ruslan Chagayev WBA reytingida 7-o‘rinni egallab turgandi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.