BBC navigation

"Rossiya aholisining aksariyati mehnat muhojirlarini xushlamaydi"

Сўнгги янгиланиш 30 ноябр 2012 - 16:58 GMT

Rossiya aholisi ko‘pchiligining nazdida mavqe‘larining noqonuniy ekani va jamiyatga aralashib keta olmaganliklari sabab, mehnat muhojirlari o‘zlariga tahdid solishadi

Ayon bo‘lishicha, Rossiya aholisining aksariyati mehnat muhojirlari sonining kamaytirilishi va ularni ortga qaytarish yo‘lida keskin choralar ko‘rilishini istashadi.

Bu kabi xulosaga "Levada" omma fikrini o‘rganish markazi tomonidan olib borilgan so‘rov ortidan kelingan.

Markaz rahbari muovini Aleksey Grajdankinga ko‘ra, Rossiyadagi ko‘pchilik hukumatning mehnat muhojirlarini jamiyatga moslashtirish masalasiga yetarlicha e‘tibor bermayotganidan xavotirda.

Uning aytishicha, xuddi shu sababdan ham, so‘rov ishtirokchilarining aksari mehnat muhojirlari Rossiyada jinoyatchilik hollarining ortishiga olib kelmoqda, degan fikrda.

Rossiya aholisi ko‘pchiligining nazdida mavqe‘larining noqonuniy ekani va jamiyatga aralashib keta olmaganliklari sabab, mehnat muhojirlari o‘zlariga tahdid solishadi.

Shu yil avgust oyida Rossiya fuqarolarining noroziliklari tarixda kuzatilmagan bir darajaga yetgan, 70 foizga yaqin aholi hukumat mehnat muhojirligi oqimining oldini olishi shart, degan fikrni bildirishgandi.

Janob Grajdankinning aytishicha esa, mehnat muhojirlarining o‘z oilalari va madaniyatlaridan uzilib qolganliklari ularning jinoiylashuvlariga yo‘l ochadi.

So‘rov ishtirokchilarining yarmidan ko‘prog‘iga ko‘ra, kuchli vatanparvarlik tuyg‘ularigina Rossiyaning yaxlitligini saqlashga ko‘mak beradi.

Ulardan yana yarmining fikricha, xuddi ana shu vatanparvarlik tuyg‘usining yuzaga chiqishi mehnat muhojirlariga qarshi yovqarashlikni kuchaytiradi.

Biz bilan suhbatda bo‘lgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirining aytishicha, aholi orasida bu kabi kayfiyatning shakllanishiga eng avvalo Rossiya hukumatining o‘lda-jo‘lda siyosati sabab bo‘lgan:

Rossiya va mehnat muhojirlari

Agar ayrim ma‘lumotlarga tayanilsa, Rossiyada mehnat muhojirligida band markaziy osiyoliklarning soni taxminan 8 millionga teng.

Ular Rossiyada asosan qurilish va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida mehnat qilib kelishadi.

Agar Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik fuqarolarning o‘z so‘zlariga qaralsa, "O‘zbeklarning kirib bormagan joylari faqatgina Rossiya Dumasi va hokimiyat idoralari bo‘lib qolmoqda".

Mahalliy ekspertlarga ko‘ra, Rossiyada noqonuniy mehnat muhojirlarining ortishiga migratsiya tizimining korruptsiyalashgani va shaffof emasligi sabab bo‘lmoqda.

Rossiyaning shu yil uchinchi bor qudratga kelgan prezidenti Vladimir Putin 2012 yilning noyabr oyiga qadar mehnat muhojirlari uchun rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi yuzasidan majburiy imtihonlar joriy etilishini talab qilgan va qonunbuzarlarini qattiq jazolashga buyruq bergandi.

Jahon bankining ogohlantirishicha esa, Rossiyada tobora qisqarayotgan ishchi kuchining o‘rnini qoplash uchun yaqin 20 yilda 12 million mehnat muhojiri jalb etilishi lozim bo‘ladi.

Ammo Rossiya rasmiylari chetdan millionlab ishchi kuchiga ehtiyojlari borligini tan olishsa-da, jamiyatda ularga bo‘lgan munosabat hamon murakkabligicha qolayotgani bor gap.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.