BBC navigation

Kiyevda musulmonlar uchun islomiy sartaroshxona ochildi

Сўнгги янгиланиш 30 ноябр 2012 - 16:06 GMT

Islomiy sartaroshxonada haqlar erkaklar uchun 6 AQSh dollari, ayollar uchun 10 AQSh dollar atrofida qilib belgilangan

Barcha din vakillariga birdek xizmat ko‘rsatuvchi, ammo musulmonlar uchun alohida shart-sharoitlar yaratilgan sartaroshxona Ukraina poytaxtidagi islomiy markazda ish boshladi.

Bu yerda spirtsiz atir-upalar ishlatiladi. Olingan yoki kesilgan sochlar axlatga tashlanmay, yerga ko‘miladi.

Ushbu g‘oya tashabbuskorlaridan birining mahalliy "Segodnya" gazetasiga aytishicha, mijoz muslim bo‘lsa, musulmon erkak sartarosh, muslima bo‘lsa, musulmon ayol sartarosh xizmat ko‘rsatadi.

Uning so‘zlaridan ayon bo‘lishicha, sartaroshxonada muslima sartaroshlarning ro‘molda ishlashlariga ham ruxsat berilgan.

Islomiy sartaroshxonadagi haqlar erkaklar uchun 6 AQSh dollari, ayollar uchun 10 AQSh dollar atrofida qilib belgilangan.

Sartaroshxonada musulmon sartaroshlarning toat-ibodat qilishlari uchun imkoniyat yo‘q.

Ammo sartaroshxonaning shundoqqina biqinida Islomiy markazning namozxonasi joylashgan.

Hozir Ukraina poytaxtida 60.000 ga yaqin musulmonning borligi taxmin etiladi.

O‘tgan yil dekabr oyida esa, Kiyevda qurilishi o‘ziyam qariyb 20 yilga cho‘zilgan ilk masjid ham ochilgandi.

Bungacha Ukraina poytaxtidagi shuncha musulmon Islomiy markazning namozxonasida o‘z namozlarini ado etib kelishgan.

Madrasani ham o‘z ichiga oluvchi masjid esa, ikki ming musulmonning namoz o‘qishi uchun mo‘ljallangan.

Islomiy markazda yana arab tili va islomiy davlatlar madaniyatini o‘rganish, sharqona taomlar va shirinliklar bilan savdo qiluvchi qahvaxona ham bor.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.