BBC navigation

Afg‘onistonda NATO bazasiga xudkush hujum uyushtirilgan

Сўнгги янгиланиш 3 декабр 2012 - 13:08 GMT

Toliblar hujumga juda yaxshi tayyorlangan bo‘lishgan.

Afg‘onistondagi NATO kuchlari Tolibon jangarilarining harbiy bazaga yirik hujumini qaytarganini xabar qilgan.

Tolibon xudkush hujumchilari Afg‘oniston sharqidagi harbiy-havo bazasiga qilgan hujumlari oqibatida 4 Afg‘on askari halok bo‘lgan, NATO harbiylari yaralangan.

Mahalliy politsiya halok bo‘lganlar orasida ikki tinch fuqaro, 9 xudkush hujumchi borligini aytgan.

Portlovchi moddalar ortilgan avtomobillar Jalolobod yaqinidagi AQSh-Afg‘on bazasi darvozasiga haydab kelingan.

Kobuldagi BBC muxbiri xabar berishicha, jangarilar hujumga yaxshi tayyorlanishgan.

Yaxshi qurollangan hujumchilar qattiq qo‘riqlanadigan NATO bazasigacha yetib kelishga muvaffaq bo‘lganlar.

Toliblar bundan oldin ham harbiy bazani egallashga harakat qilishgan.

Fevral oyida sodir etilgan hujumda ham to‘qqiz jangari o‘ldirilgan edi.

Afg‘on rasmiylariga binoan, to‘rt hudkush hujumchi bazaga minalashtirilgan avtomashinalarda turli tomondan kirib kelishadi.

Ularni orqasidan kelgan piyoda jangarilar qo‘riqchilar bilan jangga qirishgan.

Aytilishicha, portlash kuchidan baza atrofida joylashgan binolarning oynalari sinib ketgan.

Mahalliy aholi toliblarga qarshi jangovor tikucharlardan foydalanilganini ko‘rishgan. Otishma 20 daqiqa chamasi davom etadi.

Tolibon NATO kuchlari va 11 yilki afg‘on armiyasi bilan tinimsiz kurash olib boradi. Mamlakatning sharqi va janubidagi hududlar hamon toliblar nazoratida.

Afg‘onistonda ayni paytda 130 ming xalqaro kuchlar mavjud bo‘lsa, 2014 yildan ularning asosiy qismi olib chiqilib, mamlakatda faqat harbiy boshqaruvchilar qolishi rejalashtirilgan.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.