BBC navigation

Gulnora Karimova Twitterda qiynoqlarni muhokama qildi

Сўнгги янгиланиш 3 декабр 2012 - 15:45 GMT

O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimova twitter ijtimoiy muloqot saytida taniqli inson haqlari faoli, Xalqaro Inqiroz Guruhining Bryusselda joylashgan matbuot bo‘limi direktori Andryu Strolayn bilan ochiq muloqotga kirgan.

Janob Strolayn Karimova xonimdan O‘zbekistonda odamlarning qiynoqqa tutilishi hollari va majburiy bolalar mehnatini to‘xtatishga va qoralashgan chaqirgan.

Karimova xonim o‘zini o‘ylamasdan gapiradigan "tentak" qilib ko‘rsatmaslik uchun qiynoqlar qo‘llanishini qoralamagan, balki har bir qiynoq hollarini o‘rganib chiqish uchun unga hujjatlar yuborilishini so‘ragan.

Suhbatga aralashgan BBCning sobiq Markaziy Osiyo bo‘yicha muxbiri Nataliya Antelava nima uchun O‘zbekistonga kiritilmagani va Toshkent aeroportidan deportatsiya qilinganiga izoh so‘ragan.

Antelava xonim o‘tgan yili O‘zbekistonda ayollarning majburiy sterilizatsiya qilish holatlarini o‘rganish uchun mamlakatga safar qilganida, O‘zbekistonga kiritilmagandi.

Andryu Strolayn O‘zbekistondagi inson huquqlari vaziyatini qoralagan maqolalari bilan tanilgan

Karimova unga o‘z elektron pochta adresini berib, deportatsiya masalasini surishtirib ko‘rishga va‘da bergan.

BBC Andryu Strolayn bilan bog‘lanib, prezident qizi bilan muloqot qanday boshlanganini so‘radi.

Strolayn: Dastlab Gulnora Karimova twitterda bir-ikki jurnalistni haqorat qildi, men shunchaki bu twitlarni re-tvit qilgandim. Shundan so‘ng Karimova xonim to‘g‘ridan-to‘g‘ri twitter orqali menga javob qaytardi va shuning ortidan o‘ziga xos suhbat boshlanib ketdi. Albatta bu hol men uchun juda kutilmagan edi.

BBC: Mana shu "twitter suhbati" mobaynida ko‘tarilgan asosiy masala nima haqida edi?

Strolayn: Men ko‘targan asosiy masala Gulnora Karimovani O‘zbekistondagi inson huquqlari muntazam poymol qilinishi va hisbxonlarda muntazam qiynoqlar qo‘llanilishi muammosini muhokama qilishga jalb etish harakati edi. Bundan tashqari har yili paxta terimi mavsumida majburiy bolalar mehnatidan foydalanish muammosini ham muhokama qilishga jalb etishga urinib ko‘rdim. U esa o‘zi ishtirokida olib borilayotgan boshqa ishlar haqida gapirishga urinib ko‘rdi. Lekin, qizig‘i shundaki, biz anchagina suhbatlashdik, bu anchayin uzun suhbat edi. Fikrimcha qirqqa yaqin tvit o‘rtada borib keldi.

BBC: Muntazam qiynoqlar va majburiy bolalar mehnati muammosi masalasini ko‘targan vaqtingiz Gulnora Karimovaning javobi qanday bo‘ldi?

Strolayn: Muntazam qiynoqlar iborasi men o‘ylab topgan ibora emas, buni BMTning qiynoqlar bo‘yicha maxsus ma‘ruzachisi bir necha yil avval bergan. Gulnora Karimovaning javoblari biron yangi narsani ochiqladi deb ayta olmayman. U bu holatlar muntazam ekanligini tan olishdan bosh tortdi, lekin alohida holatlar haqidagi ma‘lumotlarni yuborsak, ko‘rib chiqishga va‘da berdi. Men bu holatlar haqida yuborgan ma‘lumotlarimni oshkor qilmoqchiamn, va, qani ko‘raylikchi, u va‘dasining ustidan chiqish uchun nima qilarkin...

BBC: Gulnora Karimovaning sizning twitlaringizga javob berib, bu kabi suhbatga aralashishi kutilmagan holmi?

Gulnora Karimova Tvitterda o‘z turmush tarzi va hayriya tadbirlarini yoritish bilan shug‘ullanar ekan, tanqidchilarning savollariga chap bera olmayapti

Strolayn: Men uchun bu juda noodatiy hol. Men shaxsan birinchi marotaba bunga guvoh bo‘lmoqdaman. Men jahonning eng repressiv rejimlari, deya aytiladigan O‘zbekiston haqida oxirgi 15 yil mobaynida asosan tanqidiy maqolalar yozib kelaman. Gulnora Karimova yo O‘zbekiston hukumati esa g‘arb matbuoti bilan do‘stona munosabatda emaslar. G‘arb jurnalisti uchun O‘zbekistonga borish uchun viza olish deyarli imkonsiz narsa. Bundan tashqari Gulnora Karimovaning xorij safarlari mobaynida, ham Jenevada bo‘lsin, yoki boshqa yerda, jurnalistlar bilan suhbatlarga ruxsat berilmaydi. Mustaqil jurnalistlardan juda kam odam uni intervьyu qilishga muvaffaq bo‘lgan. Shuning uchun uning bu kabi ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatga borishi juda noodatiy holat.

BBC: Nima uchun behosdan u bu kabi muloqot imkoni topildi deb o‘ylaysiz?

Strolayn: Bunisini aytish men uchun qiyin, bu savol Gulnora Karimovaga berilishi kerak. Balki u o‘zining juda yomon bo‘lgan imidjini yaxshilamoqchidir. Uni xorijda turli nomlar bilan ataydilar, "jahondagi eng repressiv rejimning vakilasi" deydilar. U o‘zining nomidan taqdim qilayotgan narsalarni targ‘ib qilish yo‘lida, Gollivud yo pop yulduzlari bilan yaqinlashish maqsadida imidjini yaxshilashi kerakligini o‘ylayotgandir. Kim bilsin. Lekin u haqiqatdan ham imidjini yaxshilamoqchi bo‘layotgan bo‘lsa, twitterdagi suhbatning o‘zi buning uchun kifoya emas. Amalda ishlar qilinishi kerak. Inson huquqlari sohasida oxirgi 20 yil ichida deyarli hech nima qilinmagan mamlakatda amaliy o‘zgartirishlar kiritilishi kerak, shundagina imidj o‘zgaradi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.