BBC navigation

Huquq faoli Gulshan Qorayeva mahkamaga ariza yozgan

Сўнгги янгиланиш 3 декабр 2012 - 11:33 GMT

Qarshi shahridan kelayotan xabarlarga ko‘ra, mahalliy inson huquqlari faoli Gulshan Qorayevaga ko‘rsatilayotgan ta‘qiblar to‘xtamayapti.

Oldinroq, huquq faoli oilasiga bo‘layotgan bosimlar uchun 1 dekabr kuni kelinoyisi Zilola Po‘latova va 100-yoshli buvisi Bibisulov Alimardonova bilan birga Qarshidagi hokimlik binosi oldida piket o‘tkazishlarini ma‘lum qilgan edi.

Gulshan Qorayeva mahkamadan yolg‘iz o‘zini sud qilishlarini so‘ragan.

U oilasi va yaqinlariga bo‘layotgan bosimlar uning huquqbonlik faoliyati bilan bog‘liq ekani, shu yo‘l bilan o‘zining ovozini hukumat o‘chirishni istayotganini aytib keladi.

Xabarlarga ko‘ra, huquq faoli bugun mahkamaga ariza bilan murojaat etgan.

Unda Qarshi shahar IIB tergovchisi 2012 yil 24 sentyabr kuni Gulshan Qorayevani o‘z qo‘shnisi va uning qizini internet orqali haqorat qilganlikda ayblab, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 139 "tuhmat" va 240 moddasi "haqorat qilish" moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘ani qonun talablariga mos kelmasligi aytiladi.

Gulshan Qorayeva ayblanayotgan har ikkala moddada ham tergovchi xizmat vakolatlaridan foydalanib, o‘ziga nohaq ish ochilganini misollar orqali keltirgan.

Bu ishi bilan tergovchi Jinoyat kodeksining 396 moddasida ko‘rsatilgan talablarni buzganligini aytmoqda.

Gulshan Qorayeva arizasida sudga murojaat qilib, o‘ziga nisbatan ochilgan jinoiy ishni to‘xtatilishini so‘ragan.

Biz huquq faolining o‘zi bilan bog‘langanimizda, militsiya xodimlari bugun ularga hokimiyat binosi oldida norozilik aktsiyasi o‘tkazishga ruxsat bermaganini bildirdi. Uning aytishicha, ko‘p sonli mashinalar bilan uning uyi o‘rab olingan.

Shundan so‘ng faol mahkamaga shikoyat arizasi bilan murojaat etishga qaror qiladi. Arizani ham pochtaga militsiya hamrohligida tashlab kelgan.

Mahalliy rasmiylar Qorayevaning ushbu arizasiga hali biror izoh berishmagan.

Gulshan Qorayevaga qarshi ish

Huquq faoli o‘zi, akasi Sanjar Qorayev va uning xotini Zilola Po‘latovalarga ochilgan ish yo‘q joydan o‘ylab topilganini aytadi.

Unga ko‘ra, qo‘shnisi Oydin Ortiqova va Barno Adaboyevalar Qorayevalarning uyi oldidagi daraxt shoxlarini sindirib, ataylab janjal chiqarishadi.

Ona va bola qo‘shnilarning harakatiga munosabat bildirgan Qorayevlar oilasiga tez orada O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining "tuhmat" va "haqorat qilish" moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Gulshan Qorayeva Qashqadaryodagi inson huquqlarining ahvoli, mansabdorlarning noqonuniy amallarini tanqid qilib, aholining gaz va ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojlari va boshqa ko‘plab muammolarini yoritib kelayotgan faol hisoblanadi.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.