BBC navigation

Yaponiyada avtomobil tunneli qulab tushgan

Сўнгги янгиланиш 3 декабр 2012 - 11:40 GMT

Tokio shahri yaqinidagi Tyuyu tezyurar trassasida joylashgan avtomobil tunneli to‘satdan o‘pirilib ketib, ortidan yong‘in chiqqan, deb xabar beradi Yaponiya ommaviy axborot vositalari.

Tunnel ostidan bir ayol qochib chiqishga muvaffaq bo‘ladi. Qutqaruvchilar uni shifoxonaga yetkazishgan.

Tunnelga kirish yo‘li qalin tutun bilan qoplangan.

Mahalliy politsiyaga ko‘ra, yer osti yo‘lida bir nechta avtomashina qolib ketgan. Qutqarilgan ayolning aytishicha, o‘zi o‘tirgan mashinada yana beshta odam bo‘lgan.

"Men bizdan oldin va keyin nechta mashina borligini ko‘rolmay qoldim", - deb aytadi u.

Boshqa bir guvohga ko‘ra, vayronalar orasidan chiqib kelishi uchun bir soat vaqt ketgan.

"Beton tom o‘pirilib bir mashinani bosib qolgach u yona boshladi", deydi sodir bo‘lgan voqeadan dahshatga kelgan guvoh.

Tokioni Yaponiyaning g‘arbi bilan bog‘lovchi tunnelning katta qismi yopilgan.

Qutqaruvchilar uzunligi to‘rt kmga yetadigan Sansago tunnelining 30 metrlik qismida tomi va devorlari buzilganini aytishgan.

Politsiya vayronalar ostida kamida ikki mashina majaqlanib yong‘in chiqarganini xabar qiladi.

Ayni paytda Yaponiyada tunnelning qolgan qismi ham o‘pirilib ketishi xavfi bois, qutqarish ishlari to‘xtatilgani aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Sansago tunnelining qulashi natijasida yetti kishi bedarak qolmoqda.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.