BBC navigation

Sochida ushlangan o‘zbeklarga qarshi "kuch ishlatilgan"

Сўнгги янгиланиш 3 декабр 2012 - 15:22 GMT

Sochidagi mushtlashuvdan so‘ng ushlangan 80 kishi O‘zbekistonga qaytarilgan

"Memorial" inson huquqlari markaziga ko‘ra, o‘tgan oy Sochida hibsga olingan O‘zbekiston fuqarolari politsiya tomonidan do‘pposlangan.

Tashkilotning "Muhojirlik va huquq" tarmog‘idan Semen Simonovning BBCga aytishicha, hibsdagilardan biri-Botirjon Mamatovning tanasidagi elektroshok izlarini uning shaxsan o‘zi ko‘zlari bilan ko‘rgan.

"Ularni dubinkalar bilan do‘pposlashganini o‘sha paytda politsiya idorasida bo‘lgan yana bir necha mahbuslar tasdiqlashdi", - deydi Semen Simonov.

Seshanba kuni Sochining Adler tuman sudida Botirjon Mamatovning shikoyat arizasi ko‘rib chiqilishi kerak.

"Memorial" o‘zbek muhojirini himoya qilish uchun advokat yollagan.

"Biz barcha qiynoq va zo‘ravonlik dalillarini sud zalida namoyish qilmoqchimiz", - deb aytdi Semen Simonov BBC bilan suhbatda.

Botirjon Mamatov Rossiya Jinoyat kodeksining 19.3 bandi - "politsiya xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik"da aybdor deb topilib, 10 sutkalik ma‘muriy jazoga mahkum etilgan.

Ommaviy mushtlashuv

Botirjon Mamatov va yana 200dan ortiq o‘zbeklar 5 va 6-noyabr kunlari, Sochining "Krasnaya polyana" va "Estosadok" poselkalarida muhojirlar o‘rtasida yuz bergan ommaviy mushtlashuvdan so‘ng hibsga olingan.

Inson huquqlari faollarining aytishlaricha, hodisaning hamma tafsilotlari ma‘lum emas.

Avvaliga mushtlashuvda Tojikiston fuqarolarining ham ishtirok etgani xabar qilingan, ammo keyinroq Tojikiston elchixonasi bir bayonot chiqarib, hodisada o‘z fuqarolarining qatnashmaganini aytgan.

Hibsga olinganlarning aksariyati bir sutkadan qamoqqa mahkum etilgan.

Ulardan 80 nafari O‘zbekistonga majburan qaytarib yuborilgan.

"Memorial" o‘zbek muhojirlarining ko‘pchiligi ishlash huquqiga ega bo‘lganini aytmoqda.

Tashkilot 10 sutkalik qamoq jazosiga mahkum etilgan to‘rt o‘zbek muhojiriga berilgan ma‘muriy jazo ustidan mahkamaga shikoyat arizasi kiritgan.

Faollar o‘zbeklarning harakatida jinoyat tarkibi bo‘lmagani, ular aksincha, politsiya tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik qurboni bo‘lganliklarini aytishmoqda.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.